Al-Malik al-Jukandar masjidi Husayn mashhadi va Al-Azhar masjidi yaqinida, tarixiy Qohira hududida joylashgan. An-Nosir Muhammadning uchinchi hukmronligi davridagi Bahriy mamluklar davrida asos solingan boʻlib, zamonaviy tadqiqotchilar va tarixchilar tomonidan kamroq hujjatlashtirilgan.
Asoschisi
Al-Malik al-Jukandar An-Nosir Muhammadning uchinchi hukmronligi, keyinroq esa Qalavuniy sultonlar davrida qudratli va boy mamluk amiri boʻlgan. U al-Kamil Shaʼbon hukmronligi paytida hijriy 747-yilda (milodiy 1346-yilda) Iskandariyada qamoqda vafot etgan.
Muassasa Al-Maqriziy yozuvlariga koʻra, Al-Malik al-Jukandar uni hijriy 758-yil milodiy 1357-yilda shofi’iy mazhabi fiqhini oʻqitadigan madrasa sifatida tashkil etgan. U bir nechta vaqflar hisobidan taʼminlangan. Majmua tarkibida kutubxona ham boʻlgan.
Yozuvlar
Binoning asosiy kirish qismida, holati yomon boʻlsa-da, portalning ikki tomonini egallab turgan yozuv bor. Unda shunday deyiladi:
Yozuvdan koʻrinib turibdiki, muassasaning asoschisi an-Nosir (Muhammad)ning uchinchi hukmronligi davrida yashagan al-Malik al-Jukandar boʻlgan.
Yana qarang
Misrda Islom Misrdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Misrdagi masjidlar Turkum:Qohiradagi masjidlar Turkum:13-asr masjidlari