Egrikapili Mehmed Rasim Efendi (tugʻ. 1687—vaf. 13-may, 1756) (Hozirgi turk tili: Eğrikapılı Mehmed Râsim Efendi) – Usmonlilar davrining xattoti va shoiri.
Hayoti va faoliyati Istanbulning Eğrikapı tumanida tugʻilgan, tugʻilgan joyi nomidan kelib chiqib Eğrikapılı taxallusi bilan tanilgan. Uning otasi Yusuf Efendi (vaf. 1729) Mulla Aşkî masjidining imomi hamda yetuk xattot ediIslam Encyclopedia Online:.
Bolaligida Eğrikapılı otasi qoʻlida tahsil oldi, keyinroq saroy xattoti Yedikuleli Sayyid 'Abdulloh Efendining shogirdi boʻladi. 1705-yilda ustozidan ijozatnoma (sertifikat) olganM. Uğur Derman, Ninety-nine Qur’an manuscripts from Istanbul, Istanbul, Kültür Ajansı, 2010, pp 100-101, Excerpt:; M. Uğur Derman, Letters in Gold: Ottoman Calligraphy from the Sakıp Sabancı Collection, Istanbul, Metropolitan Museum of Art, 1998, p. 94 .
Mehmed Rasim ijodi bilan shuhrat qozonib, Sulton Ahmad III hukmronligi davridagi Lola davrida saroyning yirik xattotlaridan biriga aylandi. 1714-yilda Galata saroyida xattotlik oʻqituvchisi etib tayinlandi, 1737-yilda esa Topqopi saroyida shu vazifani bajardi. U Qurʼonning 60 dan ortiq qoʻlyozma nusxasini koʻchirganligi, shuningdek koʻplab bitiklarni yozganligi bilan mashhur, jumladan, Konstantinopoldagi Azap Kapida Saliha Sulton favvorasidagi yozuvlar ham shular jumlasidandir. Shuningdek u qogʻoz ebrusi sanʼatini ham yaxshi bilganBloom, J. M. and Blair, S. S., The Grove Encyclopedia of Islamic Art and Architecture, Volume 2, Oxford University Press, 2009, p. 474.
Rasim Mehmed yaxshi taʼlim olgan inson boʻlib, uch xil tilda sheʼrlar yozganOsmanlı tarihi: cilt. 2. kısım. Uzunçarşılı, İ.H. XVIII. yüzyıl (1959), İsmail Hakkı Uzunçarşılı, Enver Ziya Karal, page 554.
U 1169-yilda (1756-yil 14-may) sil kasalligidan vafot etib, Eğrikapı tashqarisidagi bir cherkovda dafn etilganIslam Encyclopedia Online:. Uning shogirdi Mestcizade Ahmad Efenci (vaf. 1761) qabr toshini bitgan.
Manbalar
Adabiyotlar Osmanlı Tarihi: cilt. 2. kısım. Uzunçarşılı, İ.H. XVIII. yüzyıl (1959), İsmail Hakkı Uzunçarşılı, Enver Ziya Karal, p. 554
Turkum:1687-yilda tugʻilganlar Turkum:1756-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr xattotlari