Al-Hilol masjidi yoki Katangka shahridagi al-Hilol eski masjidi, koʻproq Katangka masjidi nomi bilan tanilgan, Indoneziyaning Janubiy Sulavesi provinsiyasidagi tarixiy masjiddir. 1603-yilda Gova sultonligining ilk musulmon hukmdori Sulton Alauddin tomonidan qurilgan bu masjid Janubiy Sulavesidagi eng qadimiy masjid hisoblanadi.

Description

Katangka masjidi 1603-yilda Islomni birinchi boʻlib qabul qilgan Gova sultonligining 14-qiroli Sulton Alauddin tomonidan qurilganMasjid Tua Katangka, Saksi Sejarah Masuknya Islam di Sulsel. IDN Times. Retrieved April 2, 2021.. Dastlab u qal’a majmuasi ichida boʻlib, qirol va uning qoʻriqchilari uchun ibodat joyi sifatida foydalanilgan. Tarixan, juma namozi vaqtida xutba qilgan imomlarni qilich koʻtargan ikki qoʻriqchi qoʻriqlagan. Masjidning minbari hozirgacha uch qirrali nayzalar bilan oʻrab qoʻyilgan. Ibodat joyi boʻlishidan tashqari, urush paytlarida masjid binosi istehkom sifatida ham ishlatilgan. Buni 120 santimetr qalinlikkacha yetadigan masjidning mustahkam devorlaridan ham koʻrish mumkinMasjid Katangka Tertua di Sulawesi Selatan. Republika. Retrieved April 2, 2021..

Katangka masjidi Janubiy Sulavesida, xususan Gova sultonligi va Tallo qirolligi hududida islomning tarqalish markazi boʻlgan. Masjid yaqinida siyosiy va diniy yetakchilarning qabrlari bor, jumladan Sulton Hasanuddin va shayx Yusuf al-Makassariy. Shayx Yusuf Banten va Achexga safar qilishidan, oxir-oqibat Janubiy Afrikaga surgun qilinishidan oldin Katangka masjidi atrofida Sulton Alauddin tomonidan tarbiyalangan. Bundan tashqari, Janubiy Sulavesida islomni targʻib qilgan uch nafar minangkabau olimining ismi masjidda qayd etilgan: Datuk ri Tiro, Datuk Ribandang va Datuk Patimang.

Meʼmoriy jihatdan u oʻsha davrda islom tarqalishining markazi boʻlgan Demak sultonligi tomonidan qurilgan Demak masjidining Yava islomiy uslubi taʼsirida barpo etilgan. Buni Katangka masjidi tomining shaklidan koʻrish mumkin. Masjid yetti marta taʼmirlangan boʻlsa-da, asl tuzilmaning 80% qismi saqlanib qolgan. Masjidning ichki unsurlaridan ayrimlari, jumladan minbar, mehrob va derazalar ham oʻzining asl holida saqlangan.

Yana qarang

Indoneziyada Islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Indoneziyadagi masjidlar Turkum:17-asr masjidlari