Gultepa — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Gulbuloq mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.

Etimologiyasi Qishloq nomi tarkibida gul soʻzi mavjud bo‘lib, bunday toponimlar ko‘pincha ilmiy va maʼmuriy yo‘l bilan shakllangan nomlar hisoblanadiNafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009..

Tadqiqotchilar qayd etishicha, tarkibida gul so‘zi qatnashgan ko‘plab joy nomlari (masalan, Gulzor, Guliston, Gulchambar, Gulbahor, Gulshan, Gultepa va boshqalar) ayniqsa XX asrning 90-yillaridan keyin, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgan davrda keng qo‘llana boshlagan.

Gul so‘zi bezak uchun ekiladigan yoki tabiiy ravishda o‘sadigan manzarali o‘simlik maʼnosini bildiradi. Gultepa qishlog‘i nomi ham keyingi yillarda maʼmuriy-rasmiy tartibda berilgan toponim sifatida talqin qilinadi.

Manbalar