Tohira Mazhar Ali (qizlik familiyasi Hayot; 1924-yil 5-yanvarda tugʻilgan — 2005-yil 23-martda vafot etgan) — pokistonlik ayollar huquqlari himoyachisi, siyosiy faol shaxs, Benazir Bhuttoning murabbiyi. Siyosiy faol Tariq Ali, Tausif Hayot va avstraliyalik jurnalist Mohir Alining onasi.

Yoshligi Tohira Mazhar Ali 1924-yil 5-yanvarda Britaniya Hindistonining Lohur shahrida dunyoga kelgan. Uning otasi Britaniya Raj davrida Panjobning sobiq bosh vaziri boʻlgan siyosatchi Sikandar Hayot Xon (1892–1942) edi. Mazhar Ali Sardor Shavkat Hayot Xon (1915–1998) va Begum Mahmudа Salim Xonning (1913–2007) singlisi boʻlganShaukat Hayat Khan 'The Nation that Lost its Soul: Memoirs', Lahore, 1993.

Mazhar Ali Lahurdagi Queen Mary maktabida boshlangʻich taʼlim olgan. 17 yoshida amakivachchasi, sotsialistik qarashlarga ega boʻlgan „The Pakistan Times“ gazetasi jurnalisti va muharriri Mazhar Ali Xon (1917–1993) bilan oila qurgan.

Faoliyati Mazhar ALi Pokiston Kommunistik partiyasi asoschilaridan biri boʻlgan va eri bilan birga Progressive Papers Ltd (PPL) tarkibida ham faoliyat yuritgan.

U general Muhammad Ziyo ul-Haq diktaturasiga qatʼiy qarshi chiqqani uchun qamoqqa olingan. Mazhar ALi Pokistonda birinchi boʻlib ishchilar huquqlari uchun kurashni ayollar huquqlari uchun kurash bilan bogʻlagan, Ziyoning ayollar huquqlariga hujumiga qarshilik koʻrsatgan. U badavlat oilada tugʻilganiga qaramay, 60 yildan ortiq vaqt davomida ishchilar va ayollar huquqlari faoli boʻlib qolgan. 1950-yilda u mamlakatning ilk mustaqil ayollar huquqlari tashkiloti deb eʼtirof etiladigan Demokratik ayollar assotsiatsiyasi (DWA) asoschilaridan biri edi. Pokistonda ilk bor Xalqaro xotin-qizlar kuni uning rahbarligi ostida nishonlanib, ayollarga teng maqom va huquqlar berilishi ochiqchasiga talab qilingan. 1971-yilda Mazhar ALi Sharqiy Pokistondagi (hozirgi Bangladesh) urushga qarshi norozilik bildirgan kichik guruh tarkibida boʻlgan.

Mazhar Ali hayotining keyingi yillarida uni qisman falaj holatga keltirgan bir qator ogʻir insultlarni boshidan kechirgan. U, shuningdek, koʻplab taniqli pokistonlik ayollar uchun murabbiylik ham qilgan.

Vafoti va merosi Tohira Mazhar Ali 2005-yil 23-martda Lohurda vafot etdi. Tajribali pokistonlik jurnalist va inson huquqlari faoli Ibn Abdurahmon „Dawn“ gazetasida uning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirib, Mazhar Alini „chinakam faol“ deb atagan hamda ayollar huquqlari yoʻlidagi ishlari va Hindiston bilan Pokiston oʻrtasida tinchlik oʻrnatish borasidagi saʼy-harakatlarini tilga olgan.

Manbalar

== Adabiyotlar ==

Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:2015-yilda vafot etganlar Turkum:Pokistonlik ayollar huquqlari faollari Turkum:Pokistonlik inson huquqlari faollari Turkum:Pokistonlik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar