Munira Sulton (; 1880-yil 5-aprel — 1939-yil 7-oktyabr) — Usmoniylar malikasi, Shahzoda Ahmad Kamoliddinning qizi, sulton Abdulmajid I ning nevarasi.
Yoshligi Munira Sulton 1880-yil 5-aprel kuni Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Otasi sulton Abdulmajid I ning oʻgʻli Shahzoda Ahmad Kamoliddin, onasi esa Fotma Sezadil xonimdan boʻlgan. Otasining tugʻishgan opasi Munira Sulton sharafiga unga shunday ism berilgan. Munira Sulton otasining ham va onasining ham ikkinchi farzand edi. Uning oʻzidan 2 yosh katta Atiyetulloh Sulton ismli opasi boʻlib, u bolaligida vafot etgan. Munira Sulton Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulmajid I va Verdicenan Kadınning nabirasi edi.
Nikohi 1907-yilda Abdulhamid II Munira Sultonni tunislik bosh vazir Xayriddin poshoning oʻgʻli Mehmed Solih posho bilan unashtirgan. Xayriddin posho Sulton Abdulmajidning bosh vazirlaridan biri boʻlgan, Solih poshoning onasi esa uning toʻrtinchi xotini Kamer xonim edi. Ularning nikohi 1907-yil 10-yanvarda Yıldız saroyida boʻlib oʻtgan. Juftlikning 1908-yil 18-iyunda Nişantaşı saroyida tugʻilgan Sultonzoda Ahmad Kamoliddin bey ismli oʻgʻli boʻlgan. Solih posho bosh vazir, general Mahmud Shavkat poshoga uyushtirilgan suiqasdda ishtirok etganlikda ayblanib, 1913-yilda oʻlimga hukm qilingan. Munira va uning onasi Sezadil xonim Mehmed V dan Solih poshoga yozilgan oʻlim hukmini imzolamaslikni soʻragan, biroq sulton eʼtirozsiz bu hukmni imzolagan va Solih posho 1913-yil 11-iyunda osib oʻdirilgan.
Surgun qilinishi va vafoti 1924-yil mart oyida Usmoniylar sulolasi oila aʼzolari surgun qilingach, Munira Sulton va uning oʻgʻli avval Tunisga joylashishgan va u yerda 4 yil davomida yashagan. Soʻngra Fransiyaning Nice shahriga koʻchib oʻtganlar. Bu yerda ularning moliyaviy imkoniyatlari juda cheklangan edi. Munira Sulton koʻp ham koʻrinish bermas, chunki hali ham turmush oʻrtogʻining oʻlimi uchun motam tutayotgan edi. Munira Sulton 1939-yil 7-oktyabr kuni 59 yoshida vafot etgan va shu yerda dafn qilingan.
Mukofotlari Usmon uyi ordeni Majidiya ordeni 1-darajali Xayriya ordeni Hijoz temiryoʻli oltin medali
Farzandlari Ism Tugʻilgan Vafot etgan Izohlar Sultonzoda Ahmad Kamoliddin bey „Keredin“ 1908-yil 18-iyun 1987-yil 7-yanvar Nişantaşı saroyida tugʻilgan. 1962-yil iyunda Mehribon xonim „Keredin“ga uylangan va undan farzand koʻrgan. Vafotidan keyin Turkiyaning Istanbul shahrida vafot etgan va Karacaahmet qabristoniga dafn qilingan.
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1880-yilda tugʻilganlar Turkum:1939-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari