Afgʻonistonda taʼlim — mamlakatdagi va oliy taʼlim tizimini qamrab oladi. Mazkur soha Afgʻoniston taʼlim vazirligi hamda tomonidan tartibga solinadi. 2021-yil holatiga koʻra, Afgʻonistonda qariyb 10 million nafar oʻquvchi-talabalar va 220 000 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritgan. Shunga qaramay, mamlakatda hamon yangi maktablar va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.
2021-yil avgust oyida Tolibon hokimiyatga kelganidan soʻng, qizlar uchun oʻrta taʼlim olish taqiqlandi. Biroq ayrim provinsiyalarda qizlar uchun oʻrta maktablar hamon oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. 2022-yil dekabr oyida Tolibon maʼmuriyati ayollar uchun oliy taʼlim olishni ham chekladi, bu qaror xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin qoralandi. 2023-yil dekabrida BMT barcha yoshdagi qizlarning diniy maktablarda tahsil olishi mumkinligi haqidagi xabarlarni oʻrganishga kirishdi. 2024-yil noyabr holatiga koʻra, mamlakatning ayrim hududlarida ayollarga diniy taʼlim maskanlarida stomatologiya va hamshiralik kabi yoʻnalishlarda oʻqishga ruxsat berilgan.
Taʼlim vaziri ning maʼlumotlariga koʻra, Afgʻonistondagi 20 000 ta rasmiy maktabning 9 000 tasi yaroqsiz holatda, 5 000 tasining binosi mavjud emas, qolgan 4 000 tasi esa kapital taʼmirlashga muhtoj. Mamlakatda majburiy taʼlim toʻqqizinchi sinfgacha etib belgilangan boʻlib, oʻquv yili ikki semestrdan iborat (martdan yanvargacha). 2021-yilgi hokimiyat almashinuvidan soʻng Afgʻoniston Islom Amirligi rasmiylari oʻsmir qizlar uchun oʻrta taʼlimni toʻxtatib qoʻydi.
2001-yilda Tolibon rejimi agʻdarilgach, taʼlim tizimida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar kuzatilgan edi. 2001-yilda maktabga boruvchilar soni 1,2 million kishini (shundan 50 000 nafardan kamrogʻi qizlar) tashkil etgan boʻlsa, 2013-yilga kelib bu koʻrsatkich 8,2 millionga (3,2 million nafari qizlar) yetdiSuccesses and challenges in Afghan girls' education . BBC News. 11 October 2012.. 2017-yilda qizlarning maktabga jalb etilish darajasi 39% ni tashkil etdi (2003-yilda 6%). Savodxonlik darajasi 2001-yildagi 8% dan 2021-yilda 43% gacha koʻtarildi.
Afgʻonistondagi yirik universitetlar sirasiga Kobul universiteti, Kobul politexnika universiteti, Al-Beruniy universiteti, Kardan universiteti, Balx universiteti, Hirot universiteti, Nangarhor universiteti, Shayx Zayd universiteti, Qandahor universiteti, Bost universiteti, Paktiya universiteti, Qunduz universiteti, Badaxshon universiteti va Gʻazni universiteti kiradi. Afgʻoniston Amerika universiteti 2021-yildan buyon faoliyatini toʻxtatgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Afgʻonistonda taʼlim