Benafsha Yaqoobi () — nogironlar huquqlari boʻyicha afgʻon faoli va himoyachisi. 2021-yilda BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.
Tarjimayi holi Benafsha Yaqoobi koʻr boʻlib tugʻilgan, keyinchalik nogironlar huquqlari faoli boʻlgan. Benafsha Eronda fors adabiyotini oʻrgangan, soʻngra esa Bosh prokuraturaga ishga kirishdan oldin Kobulda ikkita magistrlik darajasini olgan. Benafsha koʻzi ojiz eri Mahdi Salamiy bilan birga koʻzi ojizlarga yordam berish va ularni oʻqitish uchun „Rahyab“ tashkilotiga asos solgan. Benafsha 2019-yildan boshlab Afgʻonistonning Inson huquqlari boʻyicha mustaqil komissiyasi (AIHRC) komissari boʻlib ishlagan, 2021-yilda turmush oʻrtogʻi bilan Afgʻonistondan qochib ketgunga qadar bu lavozimda faoliyat olib borgan. Uchinchi urinishda ular Kobul aeroportiga yetib borishib, Buyuk Britaniyaga yoʻl olishgan. Shuningdek, Benafsha koʻrish qobiliyati cheklangan bolalar taʼlimi tizimida ham ishlagan. 2020-yilda Benafsha nogironlar huquqlari boʻyicha qoʻmitaga nomzod boʻlgan. 2021-yilda Benafsha BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.
Manbalar
Turkum:Afgʻonistonda tugʻilganlar Turkum:Afgʻoniston ayollari Turkum:BBC 100 ayol