Shafiqa Quraishi (; XX asr, Afgʻoniston) — afgʻonistonlik ayollar huquqlari himoyachisi.

2010-yildan boshlab politsiya polkovnigi hamda Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligining gender masalalari, inson huquqlari va bola huquqlari boʻyicha direktori boʻlgan. Shafiqa Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligiga 5000 nafar ayolni jalb qilish va Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligi tomonidan ayollarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida Afgʻoniston milliy gender yollash strategiyasi boʻyicha ishchi guruhini tuzib, unga rahbarlik qilgan. Shafiqa yana ishlaydigan ayollarga bolalarini parvarish qilish, sogʻligʻini saqlash, homilador ayollarni parvarishlash, xavfsizligini oshirish va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha imtiyozlar berish ustida ishlagan. Shafiqa koʻp yillar davomida Afgʻoniston milliy politsiyasida ishlaydigan ayollarga boʻlgan adolatsiz munosabatlarga qaramasdan xizmat mavqeida koʻtarilishga erishgan. 2011-yil holatiga koʻra, Shafiqa Afgʻonistondagi eng yuqori martabali ayol politsiyachi boʻlgan. Shafiqa 1990—2001-yilglari Afgʻonistonda Tolibon kumronlik qilayotgan davrda oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. 2010-yilda „Jasorati uchun“ xalqaro ayollar mukofotiga () sazovor boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Afgʻoniston ayollari