Elena Naperotić (2001-yil 19-oktabrda tugʻilgan), sahnadagi taxallusi lennie nomi bilan tanilgan, xorvat qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi va raqqosadir. U 2011-yilda Xorvatiyadagi barcha zoʻravonlik qurbonlariga bagʻishlangan „Traži se prijatelj“ albomidagi birinchi singl ijrochisi sifatida mashhurlikka erishdi.
Hayoti Naperotić 2001-yil 19-oktabrda katolik oilasida Pula shahrida tugʻilgan va bolaligini asosan Tarda oʻtkazgan. U yoshligidan musiqaga va sahna ijrochiligiga qiziqish bildirgan. 5 yoshida allaqachon yozgi oromgohda raqs bilan shugʻullanishni boshlagan, 1-sinfdan esa USB Poreč raqs klubiga aʼzo boʻlgan.
Oʻrta maktab davrida u koʻpincha dam olish kunlarini Poreč shahrida, haftaning qolgan qismini esa Italiyada oʻtkazgan, u yerda sanʼat gimnaziyasida oʻqigan.
Ijodi Elena Naperotić turli xil musiqa festivallarida ishtirok etish orqali kichik yoshidan boshlab asta-sekinlik bilan oʻz ijodiy faoliyatini boshlagan. 2010-yilda u bolalar festivali "Mali Veliki Mikrofon"da 10 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi ijrochi mukofotini qoʻlga kiritgan.
2011-yilda Croatia Records "Traži se prijatelj" albomini chiqardi. Xorvatiyada zoʻravonlik qurbonlari boʻlgan Luka Ritz, Aleksandar Abramov, Vitomir Yovichich va barcha boshqa jabrdiydalarga bagʻishlangan ushbu ovoz yozuvi tashuvchisi Arijana Kunshtek va Ines Prayoning tashabbusi bilan yaratilgan boʻlib, ular diskdagi musiqa va barcha matnlarning mualliflaridir; qoʻshiqlarda chin doʻstlik kuchi, sevgi, bagʻrikenglik, oʻzaro hurmat, shuningdek, zamonaviy jamiyatning salbiy oqibati sifatida zoʻravonlik haqida soʻz boradi. Albomdan chiqqan birinchi singlni Elena Naperotić va mashhur radio boshlovchisi Zlatko Turkalj ijro etgan. „Traži se prijatelj“ deb nomlangan ushbu birinchi singl uchun promo-klip ham suratga olingan.
2012-yilda albom 19-marotaba oʻtkazilgan Porin musiqa mukofotlari marosimida „bolalar uchun eng yaxshi albom“ nominatsiyasi boʻyicha mukofotga nomzod boʻlgan.
2021-yilda Elena Naperotić „Supertalent Croatia“ loyihasida qatnashish uchun roʻyxatdan oʻtib, avtomatik tarzda kengroq auditoriya eʼtiborini qozongan.
Keyingi yili u „Ti Me Razumiješ“ („Sen meni tushunasan“) nomli ilk mustaqil singlini chiqardi va u darhol hafta xiti darajasiga koʻtarildi.
Diskografiya Albomlar Nomi Tafsilotlar Traži se prijateljTurli ijrochilar Chiqarilgan: 2011 Leybl: Croatia Records Formatlar: CD, raqamli yuklab olish, straiming Dječji Festival Kukuriček 2012Turli ijrochilar Chiqarilgan: 2012 Leybl: Croatia Records Formatlar: CD, raqamli yuklab olish, straiming
Singllar Nomi Yili Albom „Aman“ (kover) 2022 rowspan="6" „Ti Me Razumiješ“ 2022 „We Found Love (lennie versiyasi)“ 2022 „daj mi vremena“ 2022 „Desna Strana Knjige“ 2023
Manbalar
Havolalar
Turkum:Xorvatiyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Zoʻravonlik qurbonlari haqida kuylagan qoʻshiqchilar