Louise Celia „Lulu“ Fleming (28 yanvar 1862 — 20 iyun 1899) — amerikalik shifokor. U Womenʼs Medical College of Pennsylvaniadan bitirgan birinchi afroamerikalik ayollardan biridir. U Afrikadan qaytgach, malakasini oshirdi va Woman's American Baptist Foreign Missionary Society tomonidan Afrikada ishlash uchun birinchi afroamerikalik ayol boʻldi.

Hayoti Fleming 1862-yil 28-yanvarda Col. Lewis Michael Flemingning Hibernia plantatsiyasida () Hibernia, Clay County, Floridaʼda qullikda boʻlgan ota-onadan dunyoga kelgan. Onasi yarim kongolik va otasi yarim oq ediScruggs, Lawson Andrew. Women of Distinction: Remarkable in Works and Invincible in Character. United States: L. A. Scruggs, 1893. pg. 197. Fleming yoshligida, uning otasi Union Army safida Amerika fuqarolar urushida qatnashgan va ikki yil xizmat qilgach vafot etganScruggs, Lawson Andrew. Women of Distinction: Remarkable in Works and Invincible in Character. United States: L. A. Scruggs, 1893. pg. 197-198.

1877-yil dekabrda, 15 yoshida Fleming Jacksonvilledagi Bethel Baptist Institutional Churchda xristianlikni qabul qilganScruggs, Lawson Andrew. Women of Distinction: Remarkable in Works and Invincible in Character. United States: L. A. Scruggs, 1893. pg.198. U 27 may 1885-yilda Shaw Universityni valedictorian sifatida tamomlaganScruggs, Lawson Andrew. Women of Distinction: Remarkable in Works and Invincible in Character. United States: L. A. Scruggs, 1893. p.198.. Fleming Saint Augustine, Florida maktabida umumiy maktab oʻqituvchisi boʻlgan.

1886-yilda Womanʼs Baptist Foreign Mission Society of the West Flemingni Kongo Erkin Davlatidagi missiya vakili sifatida chaqirgan. U taklifni qabul qilgan va 1887-yilda Palabalaga kelgan. U Kongoda qizlar bilan ishlagan, yakshanba maktabi, boshlangʻich sinflar va ingliz tili darslarini oʻrgatgan.

Sogʻligʻining yomonlashuvi sabab Fleming 1891-yilda AQShga qaytgan.

Sogʻligʻini yaxshilash maqsadida Fleming 1891-yilda Philadelphiadagi Women’s Medical College of Pennsylvaniaga yozilgan. WMCP ayollar uchun tashkil qilingan birinchi tibbiyot kolleji boʻlib, ularga shifokor boʻlish imkoniyatini yaratganGamble, Vanessa Northington. "„Sisters of a Darker Race“: African American Graduates of the Womanʼs Medical College of Pennsylvania, 1867–1925." Bulletin of the History of Medicine, vol. 95 no. 2, 2021, p. 169-197. Project MUSE, doi:10.1353/bhm.2021.0029. pg.169-170. 1895-yilda u shu yerda bitirganGamble, Vanessa Northington. "„Sisters of a Darker Race“: African American Graduates of the Womanʼs Medical College of Pennsylvania, 1867–1925." Bulletin of the History of Medicine, vol. 95 no. 2, 2021, p. 169-197. Project MUSE, doi:10.1353/bhm.2021.0029. pg. 170-171.

Fleming Kongodagi missiyasiga qaytib, mamlakatdagi yagona afroamerikalik ayol shifokor boʻlgan. 1898-yilda u African trypanosomiasis bilan kasallangan va AQShga qaytgan. Fleming 1899-yil 20-iyunda Philadelphia shahridagi Samaritan Hospitalda 37 yoshida vafot etgan.

Manbalar