Bägül Nurmyradowa (qizlik familiyasi Chariquliyeva; 1971-yil 4-sentyabr, Annau, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkman davlat arbobi, Turkmaniston Ministlar kabineti raisining madaniyat va ommaviy axborot vositalari masalalari boʻyicha sobiq oʻrinbosari.
Tarjimayi holi Bägül Nurmyradowa 1971-yil 4-sentyabrda Annau shahrida tugʻilgan. 1994-yilda Turkmaniston davlat madaniyat institutini kutubxonachi-bibliograf mutaxassisligi boʻyicha, 2011-yilda Turkmaniston prezidenti huzuridagi Davlat xizmati akademiyasini tamomlagan. 2004-yil apreldan 2010-yil avgustgacha „Miras“ telekanali direktori boʻlib ishlagan. Turkman tilini mukammal bilishi, yaxshi diksiyasi bilan nafaqat teletomoshabinlar, balki Turkmaniston prezidenti atrofidagilarning ham eʼtiborini tortgan. 2010-yil avgust oyidan Turkmaniston madaniyat va teleradioeshittirish vaziri oʻrinbosari, 2010-yil dekabr oyidan Turkmaniston Ministlar kabineti madaniyat boʻlimi mudiri, 2011-yildan esa Toshoʻgʻuz viloyati hokimining taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash va sport boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. Bägül Nurmyradowa ayollarni turkman milliy kiyimi — balakni kiyishga majburlashga urinishi hamda lavozimi davrida Bägül Nurmyradowa qoʻl ostidagilarga nisbatan haqoratli soʻzlarni bemalol ishlatgani bilan mashhur boʻlgan. 2012-yil fevral oyida Bägül Nurmyradowa Turkmaniston Ministlar kabineti raisining madaniyat boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan, 2014-yil 4-aprelda sogʻligʻi tufayli lavozimidan ozod qilingan. 2014-yil 1-sentyabrdan Turkmaniston davlat madaniyat institutida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritmoqda.
Manbalar
Turkum:Turkmaniston oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari Turkum:Turkmaniston ayol siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar