Vilayat Sulaymon oʻgʻli Eyvazov (, 1968-yil 28-iyunda tugʻilgan) — Ozarboyjon siyosatchisi, politsiya general‑polkovnigi va hozirgi Ozarbayjon ichki ishlar vaziri.

Hayoti Vilayat Eyvazov 1968-yil 28-iyunda Julfa tumanining Abrakunis qishlogʻida tugʻilgan. 2000-yilda Ichki ishlar vazirligi Politsiya akademiyasini tamomlagan. 1994-yil noyabrdan buyon Ichki ishlar vazirligida xizmat qiladi. Faoliyatini politsiya xodimi sifatida boshlagan, jinoyat-qidiruv organlarida turli lavozimlarda ishlagan, Ichki ishlar vazirligi Jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻlib xizmat qilgan hamda 2001-yildan 2005-yilgacha Tashkil etilgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha bosh boshqarma boshligʻining oʻrinbosari va boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2004-yildagi 293‑sonli Farmoni bilan u politsiya general‑mayori unvoniga tayinlangan. 2005-yil 14-apreldagi 753‑sonli Farmon bilan Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, 2016-yil 11-martdagi 1889‑sonli Farmon bilan esa Ichki ishlar birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan. Vilayat Eyvazov 2019-yil 20-iyunda Prezident Ilhom Alievning farmoni bilan Ichki ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi va oʻsha sanada Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

Mukofotlari Ozarbayjon Bayrog‘i ordeni — 2002-yil 30-iyun. Vatanga xizmatlari uchun ordeni I darajali — 2018-yil 29-iyun. Vatanga xizmatlari uchun ordeni II darajali — 2014-yil 1-iyul. Qahramonlik medali — 2008-yil 1-iyul. Ichki ishlar organlarida xatosiz xizmat qilgani uchun I, II va III darajali medallar Zafar ordeni — 2020-yil 9-dekabr

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ozarbayjon ichki ishlar vazirlari Turkum:Ozarbayjonlik general-polkovniklar