Maýsa Meredowna Ýazmuhammedowa (; 1971-yil, Yoʻloʻtan, Mari viloyati, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkman davlat arbobi. Ikki marotaba Turkmaniston Ministrlar kabineti raisining madaniyat va ommaviy axborot vositalari masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Tarjimayi holi Maýsa Ýazmuhammedowa 1971-yilda Mari viloyati, Yoʻloʻtan etrapidagi Yoʻloʻtan shahrida tugʻilgan. 1994-yilda Davlatmamat Ozodiy nomidagi Turkmaniston jahon tillari milliy institutini rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1994—2002-yillarda Ashxobod shahridagi 15-maktabda direktorning oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2003—2005-yillarda Ashxobod shahridagi Turkmaniston Qahramoni Gurbansoltan eje nomidagi ixtisoslashtirilgan oʻrta maktab direktorining oʻquv-tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va direktori, 2005—2007-yilllarda Axal viloyati hokimining taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash va sport boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan. 2006—2007-yillarda Turkmanistonda saylovlar va referendumlar oʻtkazish boʻyicha Markaziy komissiya aʼzosi boʻlgan. Gurbanguli Berdimuhamedovning prezidentlik saylovi gʻalabasidan keyin 2007-yil 23-fevraldan 13-iyulgacha Maýsa Ýazmuhammedowa Turkmaniston Kasaba uyushmalari milliy markazi raisi sifatida ishlagan. Shu bilan birga, 2007-yil iyun oyidan Turkmaniston Qahramoni Gurbansoltan eje nomidagi Turkmaniston xotin-qzilar ittifoqi raisi ham boʻlgan. 2007-yil 13-iyuldan Turkmaniston Ministrlar kabineti raisining madaniyat va ommaviy axborot vositalari masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2011-yil yanvar oyida hayfsan olgan, 2011-yil sentyabr oyida ishdagi kamchiliklari uchun Turkmaniston prezidenti tomonidan hayfsan berilgan. 2012-yil 18-fevraldan Turkmaniston Xotin-qizlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi, 2013-yil 23-fevraldan boshlab esa bir ovozdan Milliy kasaba uyushmalari markazi raisi etib saylanganVneocherednoy sʼezd professionalnix soyuzov Turkmenistana. 2013-yil iyun oyida Ashxobod shahridagi 7-saylov okrugidan Turkmaniston Majlisi deputati etib saylangan. 2014-yil 4-aprelda Turkmaniston Ministrlar kabineti raisining madaniyat va ommaviy axborot vositalari masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga oʻtishi munosabati bilan 2014-yil 13-aprelda Milliy kasaba uyushmalari markazi raisi hamda Xotin-qizlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi lavozimidan ozod etilgan. 2016-yil 8-aprelda Turkmaniston Ministrlar kabineti raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod qilingan.
Manbalar
Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmaniston ayol siyosatchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar