ISO 37001 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari — Talablar va qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalarInternational Organization for Standardization, ISO 37001 — Anti-bribery management systems — 2016-yilda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan eʼlon qilingan boshqaruv tizimi standarti. Nomidan koʻrinib turibdiki, ushbu standart korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi (ABMS)ni yaratish, joriy etish, ishlatish, saqlab turish va doimiy ravishda takomillashtirish uchun zarur boʻlgan talablarni belgilaydi. Shuningdek, u tashkilotlarning mazkur talablarga rioya qilishida qoʻllashi mumkin boʻlgan amaliy yondashuvlar va choralar boʻyicha koʻrsatmalar beradi.
Mazkur standart ISO Loyiha qoʻmitasi ISO/PC 278, Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik ISO/TC 309 Tashkilotlarni boshqarish texnik qoʻmitasi tashkil etildi va ISO 37001 standartiga texnik xizmat koʻrsatish hamda uning kelgusidagi rivojlantirish ishlari ushbu qoʻmita aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi.
Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi tashkilotlarga poraxoʻrlikka qarshi kurashda yordam berishni maqsad qiladi. Buning uchun u halollik, shaffoflik va qonunlarga rioya qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan tartib-taomillar, siyosatlar va nazorat mexanizmlarini joriy etishni talab qiladi.
ISO 37001 faqat poraxoʻrlik masalalariga taalluqlidir. Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi esa tashkilotning poraxoʻrlikni oldini olish, aniqlash va unga javob qaytarish boʻyicha imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, tashkilot bajarishi lozim boʻlgan korrupsiyaga qarshi qonunlar va majburiyatlarga rioya etishni taʼminlashga xizmat qiladi. ISO 37001 firibgarlik, kartellar, pul yuvish yoki korrupsiyaga aloqador boshqa faoliyatlarni alohida tartibga olmaydi.
Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi mustaqil alohida tizim sifatida joriy etilishi yoki, masalan, ISO 9001 Sifat menejmenti tizimi kabi allaqachon amal qilayotgan boshqaruv tizimiga integratsiya qilinishi mumkin. Tashkilot korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini sifat, atrof-muhit yoki xavfsizlikka oid boshqa tizimlar bilan birgalikda yoki ularning bir qismi sifatida joriy etishni tanlashi mumkin.
Tarixiy asos Mazkur standart ISO texnik qoʻmitasi ISO/TC 309 tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, qoʻmitaga huquqshunos Neill Stansbury raislik qilgan. Standart birinchi marta 2016-yil 15-oktabrda nashr etilgan. Uni yaratishda Xalqaro savdo palata, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Xalqaro shaffoflik va boshqa bir qator tashkilotlarning mavjud koʻrsatmalari asos boʻlgan. Shuningdek, standart AQSh Adliya vazirligi, AQSh Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi, Buyuk Britaniya Adliya vazirligi kabi yirik xalqaro tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini ham oʻz ichiga olgan.
Ushbu standartni Singapur va Peru hukumatlari oʻzlarining korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari uchun qabul qilishdi. Standart, shuningdek, Shenjen Standarti — Xitoyning Shenjen shahri tomonidan 2017-yil iyun oyida nashr etilgan rasmiy korrupsiyaga qarshi standart — uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Microsoft va Walmart kabi yirik kompaniyalar ham ISO 37001 sertifikatini olish niyatini bildirgan.
Standartning asosiy talablari ISO 37001:2016 standarti „ISO Oliy darajadagi tuzilma (HLS)“ga asoslanadi va quyidagi 10 ta asosiy boʻlimdan iborat: Qoʻllanilish sohasi Normativ havolalar Atamalar va taʼriflar Tashkilotning konteksti Liderlik Rejalashtirish Qoʻllab-quvvatlash Faoliyat Ishlash samaradorligini baholash Takomillashtirish
Yana qarang Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni Xalqaro standartlashtirish tashkiloti Transparency International
Manbalar
Havolalar ISO 37001—Anti-bribery management systems ISO TC 309—Governance of organizations
Turkum:ISO standartlari Turkum:Poraxoʻrlik