Timothy Jerome Kehoe (1953-yil 13-iyun) — amerikalik iqtisodchi va professor boʻlib, Minnesota universitetida ish faoliyatini yuritadi. Uning asosiy mutaxassislik yoʻnalishlari makroiqtisodiyot va xalqaro iqtisodiyotdir.
Kehoe 1975-yilda Providence kollejida bakalavr darajasini, 1979-yilda esa Yale universitetida iqtisodiyot boʻyicha falsafa doktori (PhD) darajasini olgan. Kehoening falsafa doktorlik dissertatsiyasi boʻyicha ilmiy rahbari Herbert Scarf boʻlgan.
2015-yildan buyon professor Kehoe „Society for Economic Dynamics“ prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kehoe 2015-yilda "Guggenheim Fellowship" mukofoti bilan taqdirlangan.
Kehoe IMDEA Ijtimoiy fanlar institutining Vasiylar kengashi va Ilmiy kengashi aʼzosi hisoblanadi. Hayoti Kehoe Minnesota universitetining tarix boʻyicha professori boʻlgan tarixchi Jean OʻBrienga uylangan. Jean avval McKnight universitetida ham faoliyat yuritgan. Uning ukasi Patrick Kehoe ham makroiqtisodiyot boʻyicha tadqiqotchi hisoblanadi„CURRICULUM VITAE: TIMOTHY J. KEHOE.“ Retrieved 2021-11-15..
Taʼlimi Kehoe 1975-yilda Providence kollejida matematika va iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha bakalavr darajasini olgan. Shundan soʻng Kehoe Yale universitetida tahsilni davom ettirib, 1977-yilda iqtisodiyot boʻyicha magistr darajasini, 1979-yilda esa iqtisodiyot boʻyicha falsafa doktori darajasini olgan. Kehoening dissertatsiya qoʻmitasi Herbert Scarf boshchiligida tuzilgan boʻlib, Andreu Mas-Colell ilmiy rahbar, Donald J.Brown esa taqrizchi boʻlgan„CURRICULUM VITAE: TIMOTHY J. KEHOE.“ Retrieved 2021-11-15.. Karyerasi Professor Kehoe 1978–1980-yillarda Wesleyan universitetida avval maʼruzachi, keyin esa assistent professor lavozimida ishlagan. 1980–1984-yillarda esa Massachusetts texnologiya institutida assistent professor, soʻngra dotsent boʻlgan. 1984–1987-yillarda esa Kembrij universitetida universitet maʼruzachisi va Clare kollejining ilmiy maslahatchisi boʻlib faoliyat yuritgan. 1987-yildan buyon Kehoe Minnesota universitetida professorlik lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kehoe 1980–1982-yillarda Banco de México, 1982–1983-yillarda esa Jahon banki maslahatchisi boʻlib ishlagan. Shundan soʻng Kehoe bir nechta iqtisodiy jamiyatlar faoliyatida faol aʼzo sifatida qatnashishni boshlagan. Kehoe, shuningdek, 1987–2000-yillarda Minneapolis Federal zaxira bankida tadqiqotchi, 2006-yildan hozirgacha „National Bureau of Economic Researchning Economic Fluctuations and Growth Program“ dasturida tadqiqotchi, 2010-yildan hozirgacha esa Arizona State University huzuridagi „Center for the Advanced Study in Economic Efficiency“ (CASEE)da tadqiqotchi olim boʻlib xizmat qilib kelmoqda„CURRICULUM VITAE: TIMOTHY J. KEHOE.“ Retrieved 2021-11-15..
Ilmiy faoliyati Kehoening ilmiy faoliyati asosan Lotin Amerikasining pul-kredit va fiskal tarixi loyihasi, Buyuk depressiya loyihasi, savdo nazariyasi, kapital oqimlari va real almashuv kurslariga qaratilgan. Uning boshqa tadqiqotlari qimor, qarz inqirozlari, siyosiy islohotlar, tibbiy yordam dasturlarining makroiqtisodiy taʼsiri, xalqaro savdoda tadbirkorlarning muqobil xarajatlari hamda miqdoriy savdo modellarini ham qamrab oladi. Hududiy jihatdan uning tadqiqotlari turli qitʼalardagi bir qator mamlakatlarni, jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Meksika, Chili, Argentina, Ispaniya va Xitoyni qamrab olgan„Timothy J. Kehoe.“ Retrieved 2021-11-15.. Kehoening ilmiy nashrlari kitoblar va tahrir qilingan toʻplamlardan tortib, jurnal maqolalari, kitob taqrizlari, shuningdek ispan va katalan tillaridagi nashrlargacha boʻlgan keng doirani qamrab oladi„CURRICULUM VITAE: TIMOTHY J. KEHOE.“ Retrieved 2021-11-15..
Mukofotlar Kehoe 1971-yildan buyon turli stipendiyalar, unvonlar va grantlarga sazovor boʻlib kelgan. U olgan taʼlim sohasidagi mukofotlar qatoriga Providence kollejidagi prezident stipendiyasi (1971–1975), Yale universitetidagi universitet stipendiyasi (1975–1979) hamda Minnesota universitetidagi McKnight universitetining hurmatli professori unvonlari (1996-yildan hozirgacha) kiradi. Ilmiy tadqiqotlar sohasidagi eʼtiroflari qatoriga Minnesota universiteti qoshidagi shahar va hududiy masalalar markazining „Faculty Interactive Research Program“ granti (1992–1993) hamda AQSh Harbiy-havo kuchlari Ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi grantı (1995–1997) kiradi. Uning stipendiya va aʼzolik maqomlari orasida Ekonometrika jamiyati aʼzoligi (1991-yildan hozirgacha), Iqtisodiy nazariya boʻyicha ilmiy aʼzolik maqomi (2011-yildan hozirgacha) va boshqalar kiradi„CURRICULUM VITAE: TIMOTHY J. KEHOE.“ Retrieved 2021-11-15.. Kehoe 2008-yilda Vigo universiteti tomonidan, 2016-yilda esa Barcelona avtonom universiteti tomonidan faxriy doktorlik darajasi bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar Minnesota universiteti saytidagi Timothy Kehoe sahifasi Minnesota universiteti saytidagi Timothy Kehoening shaxsiy sahifasi Biografik ocherk Minnesota universiteti, Timothy Kehoe Timothy J. Kehoe and Edward C. Prescott, editors, Great Depressions of the Twentieth Century, Federal Reserve Bank of Minneapolis, 2007.
Turkum:Amerikalik iqtisodchilar Turkum:1953-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar