Marvon ibn Abdulmalik ibn Marvon (; vafoti 715/16 yoki 716/17; oʻzidan kichik otadosh oʻgay ukasidan farqlash uchun Marvon al-Akbar () deb atalgan) Umaviylar shahzodasi, xalifa Abdulmalik ibn Marvonning () oʻgʻli va bir paytlar xalifalikka voris boʻlgan.

Hayoti Marvon Umaviy xalifasi Abdulmalik ibn Marvon va uning birinchi xotini Banu Abs qabilasiga mansub hamda Zuhayr ibn Jazimaning toʻrtinchi avlodidan boʻlgan avlodi Vallada bintu al-Abbos ibn al-Jazning oʻgʻli edi. Marvon xalifalar Al-Valid ibn Abdulmalik () va Sulaymon ibn Abdulmalik ()ning tugʻishgan ukasi edi. 10-asr tarixchisi at-Tabariyga koʻra, Abdulmalik oʻzidan keyingi bevosita tanlangan vorislari al-Valid va Sulaymonga, ulardan keyin vorislikni oʻgay ukalari Yazid IIga (Atika bint Yazidning oʻgʻli), undan keyin esa Marvon al-Akbarga berishni vasiyat qilgan. Biroq al-Balazuriyga koʻra, vorislik Marvon al-Asgʻarga (Atikaning yana bir oʻgʻliga) oʻtishi kerak edi. Marvon al-Akbar 715/16 yoki 716/17-yilda Makkadagi Hajdan Suriyaga qaytayotganida vafot etgan. Uning farzandi boʻlmagan. Vafot etgach, xalifa Sulaymon Yazid II ni vorislikdan chetlatib, uning oʻrniga oʻz oʻgʻli Ayyubni tayinlashga uringan, biroq Ayyub Sulaymondan oldin vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:710-yillardagi vafot etganlar Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Umaviy xalifalarining o‘g‘illari Turkum:Taxminiy vorislar