Lucie Havlíčková (2005-yil 13-martda tugʻilgan) — chexiyalik tennischi. Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) reytingida 2023-yil iyul va 2025-yil oktyabr oyi yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 196-oʻrinni, juftlik yoʻnalishi boʻyicha esa 313-oʻrinni qayd etgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi.
Havlíčková WTA Tur oʻyinlari asosiy toʻr bahslarida ilk bor 2021-yilgi Praga ochiq turnirida ishtirok etgan. Sportchi yakkalik va juftlik oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
Sportchi 2022-yilgi Fransiya ochiq chempionatida qizlar oʻrtasida ham yakkalik, ham juftlik bahslarida ishtirok etgan va har ikkala yoʻnalishda ham chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Sport faoliyati Yoshlar oʻrtasida Katta dubulgʻa oʻyinlaridagi ishtiroki Yakkalik: Avstraliya ochiq chempionati: 1R (2022) Fransiya ochiq chempionati: Gʻ (2022) Wimbledon: – AQSH ochiq chempionati: F (2022)
Juftlik: Avstraliya ochiq chempionati: 2R (2022) Fransiya ochiq chempionati: Gʻ (2022) Wimbledon: – AQSH ochiq chempionati: Gʻ (2022)
Professional tennisdagi faoliyati Havlíčková professional tennisdagi ilk unvonini 2023-yil mart oyida oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi $60k boʻlgan Trnava Indoor turnirida qoʻlga kiritgan. Sportchi final bahsida Océane Dodinni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan.
Milliy musobaqalar Havlíčková 2025-yilda Chexiya Respublikasi Billie Jean King kubogi jamoasiga nomzod sifatida taklif qilingan. Juftlik oʻyinlarida sportchi umumiy hisobda 2 marta oʻyin olib borgan va ularning har ikkalasida ham gʻalaba qozongan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2005-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar