Mahammad Amin Axund Hoji Molla Alakbar oʻgʻli Rasulzade (; ; ; 1884-yil 31-yanvarda tugʻilgan — 1955-yil 6-martda vafot etgan) — ozarbayjonlik siyosatchi, jurnalist va Ozarbayjon Milliy Kengashi rahbari. Asosan, uning nomi 1918-yilda Ozarbayjon Demokratik Respublikasi asoschisi va uning davlatchiligining otasi sifatida eʼtirof etiladi. Uning „Bir kərə yüksələn bayraq, bir daha enməz“ () iborasi XX asr boshlarida Ozarbayjondagi mustaqillik harakatining shioriga aylangan. Turkiya va Eron tomonidan bir necha bor surgun qilingan. Ikkinchi Jahon urushi davrida mustaqil Ozarbayjonni qoʻllab-quvvatlashi uchun Natsistlar Germaniyasi bilan strategik ittifoq tuzishga harakat qilgan.
Hayoti Mahammad Amin Rasulzoda 1884-yil 31-yanvarda Boku shahri yaqinidagi Novxanı qishlogʻi tugʻilgan. Otasi Oxund Hoji Molla Alakbar Rasulzoda boʻlgan. U Rus-musulmon oʻrta maktabida, soʻngra Boku shahridagi Texnika kollejida taʼlim olgan. Oʻqish yillarida Rasulzoda Ozarbayjonning zamonaviy tarixidagi „Musovat Musulmon yoshlar tashkiloti“ nomli ilk maxfiy tashkilotni tuzgan. 1903-yildan boshlab uturli muxolif gazetalar hamda jurnallarda maqolalar yoza boshlagan.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
"Mahammad Amin Rasulzade, Birinchi Respublikaning asoschi otasi, " nabirasi Rais Rasulzade tomonidan, Azerbaijan International, Jild 7:3 (1999-yil kuz), 22–23-betlar. „Mahammad Amin Rasulzade, davlat arbobi, Ozarbayjon Demokratik Respublikasi yetakchilari“ (1918–1920), Azerbaijan International, Jild 6:1 (1998-yil bahor), 26–30-betlar.
Turkum:1884-yilda tugʻilganlar Turkum:1955-yilda vafot etganlar Turkum:Absheron tumanidan bo‘lgan kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar