Halykberdy Ataýew (; 1942-yil, Qipchoq qishlogʻi, Ashxobod etrapi, Ashxobod viloyati, Turkmaniston SSR, SSSR) — turkman davlat arbobi. Turkmaniston tashqi ishlar vaziri (1992—1995). Turkmaniston Konstitutsiyasini ishlab chiqqan shaxslardan biri. Sudning mamlakat Adliya vazirligidan mustaqil boʻlish tarafdori.

Tarjimayi holi Halykberdy Ataýew 1942-yilda Ashxobod etrapidagi Qipchoq qishlogʻida tugʻilgan. 1963-yilda Turkmaniston davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlab, yurist mutaxassisligini olgan. Universitetni tamomlagach, 1963—1968-yillarda Turkmaniston SSR Oliy sudi sud organlari boshqarmasining taftishchisi, soʻngra shikoyatlar boʻlimining katta maslahatchisi lavozimida ishlagan. 1968—1970-yillarda Nebitdogʻ shahar xalq sudyasi, 1970—1972-yillarda Tejen etrapi xalq sudining katta xalq sudyasi boʻlgan. 1972—1974-yillarda Turkmaniston SSR Oliy sudi aʼzosi. Undan keyin esa oʻn besh yil davomida (1974—1988) Krasnovodsk viloyati sudining raisi boʻlgan. 1988—1989-yillarda Turkmaniston SSR Adliya vazirining oʻrinbosari, 1989—1991-yillarda Turkmaniston SSR adliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 1991-yildan 1992-yil 4-avgustgacha Turkmaniston Oliy sudi raisi boʻlgan. 1992-yil 4avgustdan 1995-yil 6-yanvargacha Turkmaniston tashqi ishlar vaziri, 1995-yil 6-yanvardan 1997-yil 4-fevralgacha Turkmaniston ijtimoiy taʼminot vaziri lavozimida ishlagan. 1997-yil 4-fevralda faoliyatida yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun ishdan boʻshatilgan. Yetti farzandning otasi. Tashqi ishlar vaziri lavozimida Ataýewdan oldin ishlagan Awdy Kulyýewning soʻzlariga koʻra, Ataýew prezident Saparmurod Niyozovning uzoq qarindoshi boʻlgan.

Mukofotlari Halykberdy Ataýew „Vatanga muhabbat uchun“ medali (1996) bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:1942-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari Turkum:Turkmaniston davlat universiteti bitiruvchilari