Mirjaqip Dulatuly (; ; 1885-yilda tugʻilgan — 1935-yilda vafot etgan) Mir Yakub Dulatov nomi bilan ham tanilgan qozoq shoiri, yozuvchi hamda qozoq millatchi Alash oʻrda hukumatining yetakchilaridan biri. Shuningdek, Madiyar va Argʻin taxalluslarini qoʻllagan va shu orqali ham tanilgan.

Hayoti Dulatuli 1885-yil 25-noyabrda Turgay viloyatining Sarikopa hududida musulmon oilada tugʻilgan. U O‘rta jüz hududida yashovchi Argʻin qabilasidan boʻlgan. Dulatuli 2 yoshida onasi Demeshdan, 12 yoshida esa otasi Dulatdan ayrilgan. Dastlabki taʼlimni anʼanaviy ravishda qishloq maktabida olgan. 1897-yilda Dulatuli qozoq-rus oʻrta maktabiga oʻqishga kirib, 1902-yilda maktabni qishloq oʻqituvchisi sifatida tamomlagan. 1904-yilda u Qarkaralida Ahmet Baytursinov va Alixan Boʻkeyxanov bilan uchrashgan. Yangi shakllanayotgan qozoq islohotchi milliy harakatining ushbu ikki yetakchisi taʼsirida unda mustamlakachilikka, Rossiyaga qarshi qarashlar shakllangan.

1907-yilda Dulatuli Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtgan va Konstitutsiyaviy demokratlar partiyasi delegati boʻlgan. Sankt-Peterburgda u faqat birgina soni nashr qilingan qozoqcha „Serke“ jurnalida oʻzining ilk sheʼrini eʼlon qilgan. Sheʼr „Jastarğa“ („Yoshlarga“) deb nomlangan edi.

Dulatuli jurnalning ikkinchi soni uchun ham „Bizdiñ Maqsatymyz“ () nomli maqola tayyorlagan, biroq jurnalning ikkinchi son hech qachon nashr etilmagan.

Merosi Mirjaqip Dulatuli zamonaviy qozoq adabiyotining peshqadamlaridan biri va qozoq millatchiligining yetakchisi sifatida eʼtirof etiladi.

U qozoq adabiyotidagi ilk roman „Baqytsyz Jamal“ () asarining muallifi hisoblanadi. Muallif bosh qahramon Jamalni patriarxal-feodal urf-odatlar va anʼanalarning qurboniga aylangan qozoq qizi sifatida tasvirlaydi hamda shu asosda eski anʼanalar bilan yangi avlod oʻrtasidagi kurashni ochib beradi. Roman oʻsha davrning oʻsib kelayotgan yoshlari orasida tenglik tuygʻusini ravshan tasvirlagani uchun yuksak baholanadiQirabaev Serіk Tәuelsіzdіk Ruximen Astana: „Foliant“, 2002, 35 page.

Asarlari „Oyan! Qazaq, Almati: Altyn Orda“ (1991-yil) „Shigharmalari, Mirjaqip Dulatuli“ (1991-yil) — Z. Akhmetov va Jazushy Baspasy „Baqitsiz Jamal“ (1910-yil) „Azamat“ (1913-yil) „Terme“ (1915-yil) „Esep Qurali“ (1922-yil) „Qiyragat Kitabi“ (1924-yil)

Manbalar

Turkum:Qozoq tilida ijod qilgan yozuvchilar Turkum:Qozoq shoirlari Turkum:1885-yilda tugʻilganlar Turkum:1935-yilda vafot etganlar Turkum:Qatl etilgan siyosatchilar Turkum:Qatl etilgan yozuvchilar Turkum:20-asr shoirlari