Vendula Valdmannová (2007-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — chexiyalik tennischi. 2024-yil 30-sentyabrda ITF oʻsmirlar qoʻshma reytingida 15-oʻringa koʻtarilgan. Kristina Penikova bilan birga 2025-yilgi Wimbledon musobaqasining qizlar oʻrtasida juftlik bahslari gʻolibi boʻlgan.

Yoshligi Valdmannová 2007-yil 10-dekabrda Havířov shahrida tugʻilgan. Dastlab Hill Havířov tennis klubida oʻynagan, keyin esa Přerov shahridagi TK Precheza klubiga oʻtgan.

Sport faoliyati Yoshlar 2024-yil yanvar oyida Valdmannová Avstraliya ochiq chempionatining qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida ishtirok etgan va sherigi Rose Marie Nijkamp bilan birga chorak finalga chiqqan. Oʻsha yilning iyul oyida sportchi Wimbledon musobaqasining qizlar oʻrtasida yakkalik bahslari yarim finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan. Chorak finalga qadar tennischi Tyra Caterina Grant hamda 10-raqamli tennischi Jeline Vandrommeni magʻlub etgan.

Professional 2023-yil avgust oyida Valdmannová Zubr Cup turnirining asosiy toʻr bahslarida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtgan. Biroq birinchi davrada Angelica Moratelliga oʻyinni boy bergan. Oʻsha yilning oʻzida u Empire Womenʼs Indoor 3 turnirining asosiy toʻr bahslariga yoʻllanma olgan, ammo birinchi davrada Stephanie Wagnerga magʻlub boʻlgan.

2024-yil may oyida sportchi Empire Slovak ochiq turnirining asosiy toʻr bahslariga saralashdan oʻtgan, biroq birinchi davrada Tatyana Prozorovaga magʻlub boʻlgan.

2026 Valdmannová ilk bor WTA tur doirasidagi Ostrava ochiq turnirining yakkalik yoʻnalishi saralash bahslarida qatnashish uchun yoʻllanma olgan. U chexiyalik tennischilar Laura Samson hamda Gabriela Knutsonni magʻlub etgan. Asosiy toʻr bahslaridagi debyut oʻyinida esa 4-raqamli Rebecca Šrámkovága magʻlub boʻlgan. Juftlik bahslarida tennischi Julie Paštiková bilan asosiy toʻr oʻyinlariga yoʻllanma olgan va ular 1-raqamli juftlik Aldila Sutjiadi hamda Giuliana Olmos ustidan yirik gʻalabadan soʻng chorak finalga chiqishga muvaffaq boʻlan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar