Endi Demneri (1998-yil 31-iyulda tugʻilgan) — albaniyalik model va goʻzallik tanlovi gʻolibasi boʻlib, Miss Universe Albania 2023 unvoniga sazovor boʻlgan. U oʻz mamlakati sharafini Miss Universe 2023 tanlovida, Salvador davlatida boʻlib oʻtgan musobaqada himoya qilgan.

Yoshligi va oilasi Endi Demneri 1998-yil 31-iyulda Albaiyaning Tirana shahrida, moda dizaynerlari va goʻzallik tanlovi gʻoliblari oilasida tugʻilgan. Xolasi moda dizayneri hisoblanadi. U alban, ingliz, italyan va turk tillarida gaplashadi. Uning amakivachchasi Irsa Demneri 2007-yilda Miss Shqiperia unvonini qoʻlga kiritgan.

Moda Endi Demneri oʻzining model sifatidagi faoliyatini 2014-yilda boshlagan. 2022-yil sentabr oyida italyan moda dizayneri Stefano Gabbana uni Dolce & Gabbana moda koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif qilgan. U 2023-yilda Milan moda haftaligida qatnashgan.

Goʻzallik tanlovlari

Miss Universe 2023 2023-yil 1-iyun, payshanba kuni amaldagi gʻolib Deta Kokomani Endi Demneriga oʻz vorisi sifatida toj kiydirib, uni Pallati i Kongreseve (Kongresslar saroyi)da, Tirana shahridagi Dëshmorët e Kombit xiyobonida boʻlib oʻtgan marosimda Miss Universe Albania 2023 deb eʼlon qildi. U 2023-yil 18-noyabrda Salvador davlatida oʻtkazilgan 72-Miss Universe tanlovida Albaniya sharafini himoya qildi.

Manbalar

Havolalar Endi Demneri IMDb da

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Albaniyalik modellar