Trejsi Sejdini (2000-yil 30-mayda tugʻilgan) albaniyalik model va goʻzallik tanlovlari gʻolibi boʻlib, 2018-yilda Miss Universe Albania unvoniga sazovor boʻlgan va Miss Universe 2018 tanlovida Albaniya nomidan vakillik qilgan.
Shaxsiy hayoti Trejsi Sejdini 2000-yil 30-mayda Albaniyaning Elbasan shahrida tugʻilgan va hozirda Tiranada yashaydi. Oʻz ona tilidan (alban tili) tashqari, yana 3 ta chet tilini biladi: italyan, fransuz va ingliz tillari. U Albaniyada turli kliplarda model sifatida qatnashgan va Fero ijrosidagi Gang gang hamda Mozzik ijrosidagi Xhelozi kliplarida koʻrinish bergan. Trejsi Sejdini 16 yoshida Miss Universe Albania 2016 tanlovida ishtirok etgan. U 2018-yil iyun oyida Pallati i Kongreseveda oʻtkazilgan Miss Universe Albania 2018 tanlovida gʻolib boʻlgan. Xuddi shu davrda u muvaffaqiyat qozonib, ijtimoiy tarmoqlar influenseriga aylangan va shundan soʻng turli telekoʻrsatuvlarda ishtirok etib, shou-biznes olamiga kirib kelgan. Bu vaqtda Trejsi Sejdini 18 yoshda boʻlgan. Trejsi Sejdini 2018-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan Miss Universe 2018 tanlovida Albaniya nomidan vakillik qilgan.
Goʻzallik tanlovlari Trejsi Sejdiniga 2018-yil 6-iyunda boʻlib oʻtgan Miss Universe Albania 2018 tanlovida toj kiydirilgan.
Trejsi Sejdini 2018-yil 17-dekabrda boʻlib oʻtgan Miss Universe 2018 tanlovida Albaniya nomidan ishtirok etgan.
Manbalar
Havolalar
revistavip.club/miss universe albania missuniverse.com
Turkum:Albaniyalik modellar