Shimoliy Koreya imo-ishora tili (; NKSL) — Shimoliy Koreyadagi karlar tomonidan foydalaniladigan imo-ishora tili.
Tarixi Pxenyan koʻzi ojizlar maktabiga 1898-yilda kanadalik xristian missioneri Rosetta Sherwood Hall tomonidan asos solingan. Maktab 1908-yildan boshlab ogʻzaki nutqqa asoslangan usullardan foydalangan holda karlar uchun moʻljallangan oʻquvchilarni qabul qila boshladi. Keyingi yili Pxenyan karlar va koʻzi ojizlar maktabi deb qayta nomlandi. Garchi asosan ogʻzaki nutqqa asoslangan usullar hujjatlashtirilgan boʻlsa-da, ogʻzaki nutqni oʻrgatishda Xitoycha imo-ishora tilining bitta versiyasidan foydalanilgan boʻlishi mumkin.
1910 va 1945-yilllar oraligʻida Koreya Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilinganida, Seuldagi karlar maktablariga yuborilgan yapon oʻqituvchilari ogʻzaki nutqni oʻrgatish uchun Yaponiya imo-ishora tilidan foydalanganlar. Mazkur maktablarda Yaponiya imo-ishora tilidan foydalanish butun mamlakat boʻylab Koreya imo-ishora tili rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi.
1945-yilga qadar Pxenyan, Siniyju va Vonsan shaharlarida karlar uchun uchta maktab faoliyat yuritgan. Shimoliy Koreya Taʼlim nashriyoti tomonidan chop etilgan risolada shunday deyilgan: „Ozodlikdan soʻng, Partiya va hukumat ushbu maktablarning taʼlim jihozlarini taʼmirladi va ularning taʼlim dasturini takomillashtirdi, imkoniyati cheklangan insonlarning madaniy rivojlanishi va taʼlimiga alohida eʼtibor qaratdi“Shimoliy Koreya imo-ishora tilining rivojlanishi haqida KXDRdan tashqarida maʼlumotlar juda kam, biroq 2005-yilda karlar va ularning oilalari uchun qoʻllanma sifatida „Imo-ishora tili lugʻati“ va „Imo-ishora tilini oʻrganish“ kitoblari nashr etilgan. Ushbu lugʻatlar Janubiy Koreya imo-ishora tilidan farq qiluvchi oʻziga xos variantni oʻz ichiga oladi, bu esa karlar tomonidan Shimoliy Koreya imo-ishora tilidan foydalanish davom etayotganidan dalolat beradi.
Janubiy Koreya imo-ishora tili bilan taqqoslash Ikki til oʻrtasidagi umumiy soʻz boyligining past koʻrsatkichidan ayon boʻladiki, Shimoliy Koreya imo-ishora tili Koreya urushidan keyin Janubiy Koreya imo-ishora tilidan mustaqil ravishda rivojlangan hamda qoʻl shakli, harakat, joylashuv va yoʻnalish jihatidan farq qiluvchi alohida tilga aylangan.
Shimoliy va Janubiy Koreya imo-ishora tillari oʻrtasidagi oʻxshashliklarni oʻrganish shuni koʻrsatdiki, oʻrganilgan ishoralarning 71 foizi bir-biridan farq qiladi, ishoralarning 53 foizi esa qoʻl shakli, harakat yoki joylashuv sohalarining birortasida ham oʻzaro mos kelmaydi. Shimoliy Koreya imo-ishora tili va Janubiy Koreya imo-ishora tili oʻrtasida ishoralarning faqat 15 foizi toʻliq mos kelishi aniqlangan. 36 foiz ishoralar esa kamida bitta sohada Janubiy Koreya imo-ishora tili bilan oʻxshashlikka ega.
Janubiy Koreya imo-ishora tili Yaponiya imo-ishora tillari oilasining bir qismi boʻlib, 1910–1945 yillardagi okkupatsiya davrida Yaponiya imo-ishora tili uning rivojlanishiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bundan farqli oʻlaroq, Shimoliy Koreya imo-ishora tilining boshqa turdosh tillar bilan bir jinsli emasligi sababli, uni muayyan bir til oilasiga kiritish qiyin.
Manbalar
Turkum:Imo-ishora tillari