Dinamo (Samarqand futbol klubi) (, ) – futbol klubi, Oʻzbekiston Super Ligasi vakili. Dinamo Samarqand Professional Futbol Klubi hozir Oʻzbekiston Super Ligasida qatnashadi.

Jamoa tarixi

Jamoaning vujudga kelishi Maʼlumotlarga qaraganda, 1958-yilda Samarqandda barpo etilgan bir necha zavodning ishchilari birlashib shahardagi dastlabki jamoani tuzishgan. Ushbu yangi jamoa dastlab havaskorlardan tashkil topgan boʻlib, 1960-yili Samarqandda tashkil etilgan. Shu yilning oʻzida esa Samarqand shahar rahbarlari, futbol mutasaddilarining jonkuyarligi, koʻrsatgan jonbozliklari evaziga jamoa tashkil etildi.

Jamoaning hozirgi nomiga bogʻliq maʼlumotlarga oʻtadigan boʻlsak, „Dinamo“ sobiq ittifoq davrida koʻngilli sport jamiyati nomi edi. Yoshi katta muxlislar yaxshi eslashadi, sobiq ittifoq chempionatida shu nom ostida koʻplab jamoalar toʻp surishgan. Xususan, oliy liganing oʻzida Kiyev, Moskva, Minsk va Tbilisi shaharlarining shu nomdagi klublari ishtirok etishardi.

Jamoa nomlari tarixi Klub tashkil topganida yarim professional maqomiga ega edi, 2009-yildan jamoa Professional Futbol Klubi maqomini oldi. Jamoa nomlari bir-necha marotaba oʻzgargan. 2009-yili klub oʻzining tarixiy ismini qaytardi „Dinamo Samarqand“ 1960–1963: Dinamo Samarqand 1963–1967: Spartak Samarqand 1967–1968: Soʻgʻdiyona Samarqand 1968–1970: FK Samarqand 1970–1976: Stroitel Samarqand 1976–1991: Dinamo Samarqand 1991–1993: Maroqand Samarqand 1993–1997: Dinamo Samarqand 1997–1998: Afrosiyob Samarqand 1998–2000: FK Samarqand 2000–2008: FK Samarqand-Dinamo 2008–present: FK Dinamo Samarqand

SSSR Chempionatlarida Jamoa tashkil etilgach, dastlab turli xil turnirlarda ishtirok etish bilan kifoyalandi. Dastlab jamoas SSSR 2-ligasida qatnashgan. 1968-yili SSSR 2-Ligasida (Oʻrta Sharq Mintaqasi)dan sovrindorlar qatoridan joy olib, 2-Liganing asosiy turniriga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan. Qator turnirlardagi kichik gʻalabalardan soʻng, futbolchilar jamoa tarkibidan muqim oʻrin egallashdi. Koʻp oʻtmay, klub Sobiq Ittifoq „B“ toifasidagi musobaqasida oʻz ishtirokini boshladi va 1964-yilga kelib „Dinamo“ turnirda 6 oʻrinni egalladi.

Samarqandliklar 1966-yilda oʻzining dastlabki xalqaro oʻyinida Fransiya jamoasi bilan Samarqanda oʻyin oʻtkazib 1:1 hisobini qayd etgan.

1968-yilda esa „Dinamo“ Mugʻuliston Qurolli kuchlari terma jamoasini qabul qilgan. Shiddatli kechgan oʻyinda dinamochilar mugʻullarni 2:1 hisobida dogʻda qoldirishgan.

Jamoa 1970-yillardan boshlab, jamoa nomi „Stroitel“ deya oʻzgartirilgan. 1970-yildan 1975-yilgacha „Stroitel“ deya yuritilgan. 1973-yilda esa bu jamoa Respublika chempionligini qoʻlga kiritdi.

1976-yilda samarqandlik futbolchilar Bolgariya jamoasini qabul qildilar. 1978-yilda esa Samarqand jamoasi Vengriya Futbol Federatsiyasining taklifiga koʻra, Vengriyada „Valan“ jamoasi mehmoni boʻlib qaytdi. Vengriyadagi oʻyinda doʻstlik gʻalaba qozongan, 2:2.

1979-yildan esa „Dinamo“ nomi yana tiklandi. Aynan oʻsha mavsumda jamoa Ittifoq birinchiligida 24 jamoa ichida faxrli 7-oʻrinni egalladi.

1980-yilda „Dinamo“ rahbariyati, jamoani xorijda oʻrtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazish uchun Vyetnam davlatiga safar etdi. Xorijdagi oʻtkazilgan 5 ta oʻrtoqlik bahslarining 4 tasida samarqandliklar gʻalaba qozonishdi, bir uchrashuvda durang qayd etildi.

Shu yili jamoa sobiq Ittifoq chempionatining ikkinchi ligasida oʻz ishtirokini boshladi. Bu ligada Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bir necha marotaba yuqori oʻrinlar uchun kurash olib bordi.

1978-yilda Samarqand futboli oʻzining eng iqtidorli futbolchilaridan biri – Sirojiddin Bozorovni mamlakatning bosh jamoasi Toshkentning „Paxtakor“ klubi uchun yetishtirib berdi.

80-90-yillar esa „Dinamo“ning sobiq Ittifoq ikkinchi ligasidagi eng muvaffaqiyatli ishtirokiga toʻgʻri keladi. Aynan oʻsha yillarda dinamochilar Kubok bahslarida chorak finalga qadar yetib kelishgan, ammo Samarqanddagi oʻtkazilgan oʻyinda, oʻsha davrlarda ancha kuchli tarkibga ega boʻlgan Litvaning „Jalgris“ futbolchilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berishgan. Bu oʻyinda „Dinamo“ stadioni toʻlib toshganligi va oʻyinda samarqandliklar ustunlik qilganliklari haqida, jamoaning faxriy muxlislari hali hamon katta faxr bilan taʼkidlashadi.

SSSR chempionati natijalari MavsumLigaSSSR KubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyLigaOʻROʻGʻDMUGOʻGOIsmLiga19603st16304818307816 Yuriy Mamedov6 Artyom Vartazarov19613st15305817397618 Vitaliy Nikitin4 Artyom Vartazarov1962nomaʼlum sabablarga koʻra ishtirok etmadi19633st12287912254223 Ruben Shohnazarov5 Anatoliy Morozov Saveliy Safronov19643st63212137312337 Rashid Mamedov10 Saveliy Safronov Ruslanbek Dzasoxov19653st153812917436533 Ruslanbek Dzasoxov Yuriy Yusupov19663st14369101725322819673st4421617940324919683st3421916755385419693st2462315870376119703st1132711143540251971—1975Futbol bo‘yicha O‘zbekiston SSR chempionatida ishtirok etgan19763st194014521384933 Anatoliy Melixov10 Viktor Orlov19773st1540131017505136 Aleksand Mosesov13 Sergey Budagov19783st1944121022466934 Sergey Grigorovich19 Yakov Kaprov19793st746211015593952 Sergey Grigorovich18 Bahodir Ibrohimov Vitaliy Krasnoshyokov19803st1362646803856 Erkin Vohidov17 Birodar Abduraimov19813st2402776763361 Sergey Xrulyov17 Pyotr Shubin19823st1362565631956 Erkin Vohidov Sharif Fayziev15 Vladimir Desyatchikov19833st34022810704552 Sergey Grigorovich21 Vladimir Desyatchikov19843st13821134673955 Gennadiy Ichevskiy26 Vladimir Desyatchikov19853st4321688472740 Gennadiy Ichevskiy12 Aleksand Mosesov Nikolay Kiselyov19863st3362097633149 Gennadiy Ichevskiy Vladimir Gurmushov12 Nikolay Kiselyov19873st43618810564344 Vladimir Gurmushov12 Aleksandr Ivankov19883st143613518466031 Mixail Fomin Sergey Yurin8 Aleksandr Ivankov19893st134015916535239 Olim Tillayev16 Vladimir Fedin19904st43819712673945 Sharif Fayziev12 Shavkat Ahmerov Yuriy Mamedov19914st85025817926958 Hamza Jabborov17 Rustam Istamov

Oʻzbekiston Chempionatlarida Mustaqil Oʻzbekistonda klub uzoq vaqtdan beri Oʻzbekiston Oliy ligasining doimiy ishtirokchilaridan biri boʻlgan. (2018-yil>dan buyon Oʻzbekiston Superligasi deb yuritiladi). XX asrning oxirgi yillarida va soʻnggi vaqtlarda (1994, 1998, 2016, 2018, 2020, 2021, 2023) Birinchi ligada (2018-yildan buyon Oʻzbekiston Pro ligasi deb ataladi) oʻynagan.

1992-yilda SSSR parchalanganidan soʻng klub nomi „Maroqand“ga oʻzgartirilgan va Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasining dastlabki, 1-mavasumida ishtirok etgan. „Maroqand“ jamoasi debyut mavsumida 17 jamoa orasida 10-oʻrinni egallagan, Oʻzbekiston Kubogida esa yarim final bosqichiga qadar yetib borgan. 1993-yilda klub oʻzining „Dinamo“ nomini qaytardi. Ammo jamoa oxirgi, 16-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston kubogining 1/4 final bosqichida toʻxtadi. „Dinamo“ 1994-yilgi mavsumni Birinchi ligada oʻtkazgan va 2-oʻrinni egalab Oliy ligaga qaytgan. 1997-yilda jamoa yana muvaffaqiyatsiz oʻyinlari sababli 15-oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketgan. 1997-yil 2-yarmidan 1998-yil oxirigacha klub „Afrosiyob“ nomi ostida musoboqalarda ishtirok etgan. 1998-yilgi mavsumda jamoa Birinchi ligada 2-oʻrinni egalladi va yana Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

1994 va 1998-yillar „Dinamo“ uchun omadsiz kelgan. Jamoa mavsum yakuniga koʻra, birinchi ligaga ravona boʻlgan. thumb|Dinamo klubi 2013-yilgi mavsumda 1996-1997-yillarda jamoa „Afrosiyob“ nomi bilan Oliy liga bahslarida ishtirok etdi.

1998-yil oxirida klub nomi Samarqand deb oʻzgartirildi (2000-yilgacha). 1999-yil Oliy ligaga qaytgan mavsumida 5-oʻrinda yakunlagan. 2000-yilda jamoa tarixidagi eng yuqori yutuqlarini qoʻlga kiritdi. Oliy ligada 4-oʻrin va 1999/2000-yilgi Oʻzbekiston kubogi finaliga chiqdi, unda Samarqand klubi Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasiga 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. 2000-yil oxirida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deb oʻzgartirildi va 2008-yil oxirigacha saqlanib qoldi. 2001-yilgi mavsumdan boshlab klub katta muvaffaqiyatlarga erisha olmadi va Oliy ligada oʻrta dehqonlardan biriga aylandi.

1999-yilda „Dinamo“ Oliy ligaga qaytgach, jamoa bosh murabbiyi etib rahmatli Mahmud Rahimov tayinlandi. Ushbu mutaxasis faoliyatining dastlabki yilida katta hajmdagi seleksiya ishlarini olib bordi va mavsumni kuchli beshlikda yakunladi.

2000-yilning 3-fevralida jamoa nomi „Samarqand-Dinamo“ deya yuritila boshlandi. Samarqandliklar uchun eng omadli mavsum sifatada yodda qolgan 1999-2000-yillarda jamoa chempionat davomida ajoyib oʻyinlarini koʻrsatib, muxlislar olqishiga sabab boʻldi. Oʻsha yili jamoa tarkibi ancha kuchli koʻrinish olgandi. Darvozada Yevgeniy Safonov, himoyachilar Davron Fayziyev, Rahmatullo Fuzaylov, yarim himoyada Ilhom Sharipov, yosh Gladkovlar, Umid Abdurahmonov, Elshan Gambarov, hujumda Ravshan Bozorov, Muhsin Muhammadiyev Jaʼfar Irismetovlar harakat qilishardi.

Aynan oʻsha mavsumda jamoa tarixidagi koʻpgina rekordlar yangilandi. Oʻsha mavsumda samarqandlik futbolchilarning chempionatdagi eng asosiy raqobatchilari „Doʻstlik“ jamoasi edi. Oliy liga oʻyini doirasidagi Samarqandda oʻtkazilgan bahsda „Dinamo“ oʻyingohida 30000 muxlis yigʻilgan va futbolchilar suyukli muxlislariga 6:3 hisobidagi ajoyib sovgʻani hozirlashgandi.

Jamoaning Oliy liga tarixidagi eng yirik gʻalabasi ham aynan 2000-yilgi mavsumda kuzatilgan. Oʻz maydonida oʻtkazilgan uchrashuvda mezbonlar Angrenning „Semurgʻ“ futbolchilari ustidan 8:0 hisobida zafar quchishgan.

2000-yilgi mavsumda samarqandliklar jamoasi oʻz maydonida Oʻzbekiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazib 4:1 hisobida zafar quchgan. Shuningdek, Samarqandda Ozarbayjon termasi bilan oʻtkazilagan oʻrtoqlik oʻyinida „Dinamo“ futbolchilari 1:0 hisobida gʻalabani tantana qilishgan. Bundan tashqari, koʻhna shaharda terma jamoamiz oʻzining bir nechta muvaffaqiyatli oʻyinlarini oʻtkazgan.

2000-yilgi mavsumning yakunida esa „Samarqand-Dinamo“ jamoasi Oʻzbekiston Kubogi finalida Toshkent viloyatining „Doʻstlik“ jamoasi bilan „Paxtakor“ oʻyingohida kuch sinashdi. Gollarga boy oʻtgan uchrashuvda „Doʻstlik“ 4:1 hisobida gʻalaba qozonib Kubok sohibiga aylandi. Dinamochilar esa shu yili Oliy liga tarixdagi eng yaxshi natijalari toʻrtinchi oʻrinni egallashdi. Koʻpchilik, oʻsha yillardan soʻng „Dinamo“ning yangi mavsumda chempionlik uchun kurashishini taxmin qilayotgandi, ammo tajribali murabbiy rahmatli Mahmud Rahimovning bevaqt oʻlimi, bu orzularni yoʻqqa chiqardi… left|thumb|Dinamo jamoasi 2007-yil Quruvchi jamoasi qarshi. 2000-yilgi natijani jamoa hozirga qadar takrorlay olgani yoʻq.

Umuman olganda, koʻhna shahar vakillari elitada 25 mavsum mobaynida toʻp surishgan. 6 mavsum jamoa birinchi ligada toʻp surishga majbur boʻlgan. Shu kungacha „Dinamo“ni 18 nafar murabbiy boshqargan. Klubda eng koʻp ishlagan mutaxassis – bu tojikistonlik Hakim Fuzaylovdir.

„Dinamo“da oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizning taniqli mutaxassislari – Birodar Abduraimov, Mahmud Rahimov, Vladimir Desyatchikov, Valeriy Letkin, Sergey Xrulev, Vladimir Dotsenko, Ahmad Ubaydullayev, Aleksandr Ivankov, Baxtiyor Gʻafurov, Kamo Gazarov va Bahrom Hakimovlar faoliyat yuritishgan. Shuningdek, yuqorida aytib oʻtganimizdek, tojikistonlik Hakim Fuzaylov va turkmanistonlik Tachmurod Agamurodovlar ham klub tarixidan joy olishgan. Oʻtgan mavsumlar davomida iqtidorli murabbiy, taniqli sobiq futbolchi Azamat Abduraimov ham aynan Samarqand jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlab klub tarixida munosib iz qoldirdi. Bugunga kelib esa, yurtimizning eng iqtidorli murabbiylaridan biri Ilhom Sharipov „Dinamo“ klubi zarvaraqlarida yangi sahifani ochishga bor kuch va gʻayratini ishga solmoqda.

Yillar davomida erishilgan eng yaxshi yutuq 2007-yildagi 5-oʻrin boʻlgan boʻlsa, oradan bir mavsum oʻtib samarqandliklar 6-oʻrinni egalladi. 2008-yil oxirida „Dinamo“ tarixiy nomi klubga qaytarildi va u hozirgacha oʻynamoqda.