Zahro Eshragʻiy Xumayniy () (1964-yilda tugʻilgan) eronlik faollik qiluvchi va sobiq hukumat amaldori.

Yoshligi Eshragʻiy 1964-yilda tugʻilgan. U oyatulloh Xumayniyning nabirasidir. U falsafa boʻyicha tahsil olgan.

Qarashlari Zahro Eshragʻiy roʻmol oʻrash majburiy boʻlishini istamaydi. U shunday deb hisoblaydi: „Bizning (Eronning) konstitutsiyamiz hanuzgacha erkak boshliq, ayol esa oilasi uchun oʻzini fido qiladigan sadoqatli xotin, deb hisoblaydi. Ammo bu yerda jamiyat, ayniqsa, soʻnggi 10 yil ichida oʻzgardi. Bobom hozir bu yerda boʻlganlarida, uning qarashlari butunlay boshqacha boʻlgan boʻlar edi, deb ishonaman.“.

Zahro Eshragʻiy, shuningdek, shunday degan: „Bobom maʼqullagan konstitutsiyada faqat erkak prezident boʻlishi mumkin, deb yozilgan… Biz matndagi 'erkak' soʻzini 'har kim' deb oʻzgartirmoqchimiz. Ammo bu yerda kamsitish faqat konstitutsiyada emas. Ayol sifatida men mamlakatdan chiqib ketish uchun pasport olishni, operatsiya qildirishni, hatto deyarli nafas olishni xohlasam ham, erimdan ruxsat olishim shart.“.

Shaxsiy hayoti 1983-yilda Zahro Eshragʻiy Muhammad-Rizo Xotamiyga turmushga chiqqan. U Eronning asosiy islohotchi partiyasi, Islomiy Eron Ishtirok Frontining sobiq rahbari va sobiq prezident Muhammad Xotamiyning ukasidir.

Siyosat 2004-yilda Zahro Eshragʻiy parlamentga nomzod boʻlishdan, parlament nomzodlarini tekshiradigan Qoʻriqchilar kengashi tomonidan chetlatilgan.

Yana qarang Erondagi ayollar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1964-yilda tugʻilganlar