Esma Sulton saroyi () — Turkiyaning Istanbul shahri Ortaköy mahallasida, Bosfor boʻgʻozi boʻyida joylashgan tarixiy saroy. Dastlabki egasi Usmoniylar imperiyasi malikasi Esma Sulton sharafiga nomlangan ushbu bino qayta taʼmirdan chiqarilgan va bugungi kunda madaniyat markazi sifatida foydalanib kelinadi.
Tarixi Uch qavatli gʻishtin imorat mashhur meʼmor Sarkis Balyan tomonidan loyihalashtirilgan va 1875-yilda Ortaköy masjidi yonida qurib bitkazilgan. Bino 1889-yilda Usmoniylar sultoni Abdulazizning qizi malika Esma Sultonga toʻy sovgʻasi sifatida taqdim etilgan.
Saroy 1915-yilgacha Usmoniylar sulolasining mulki boʻlgan. Shundan soʻng bino avval tamaki ombori, soʻngra 1920-yildan 1975-yilgacha koʻmir ombori sifatida ishlatilgan. 1975-yilda yongʻin oqibatida vayron boʻlgan.
Qayta qurilishi
Faqat tashqi devorlaridan iborat boʻlib qolgan bino xarobasi 1990-yillarning boshlarida Marmara Collection tomonidan sotib olingan. Meʼmorlar Haluk Sezgin va Philippe Robertning loyihasi asosida amalga oshirilgan taʼmirlash va qoʻshimcha qurilish ishlaridan soʻng saroy 2001-yilda koʻp tarmoqli tadbirlar oʻtkaziladigan maskan sifatida ochilgan. Asl holicha saqlab qolingan gʻishtin tashqi devorlar ichiga poʻlat va shishadan iborat konstruksiya oʻrnatilgan. „GAD Architecture Group“ maʼlumotlariga koʻra, meʼmor Gökhan Avcıoğlu tomonidan ishlab chiqilgan qayta loyihalashtirish ishlari 2005-yilda yakunlangan. Bino bir necha qavatda joylashgan bar, restoran va tadbirlar zalini oʻz ichiga oladi. Saroy maydonni egallovchi bogʻda joylashgan. Birinchi qavatining eni , uzunligi , balandligi esa . Ikkinchi qavat uchinchi qavat bilan birlashtirilgan boʻlib, eni , uzunligi , balandligi ni tashkil qiladi.
„The Marmara Hotel“ mehmonxonalar tarmogʻi tomonidan turli uchrashuv va konferensiyalar oʻtkazish maskani sifatida boshqariladigan Esma Sulton saroyi tarixiy muhitdagi ziyofatlar uchun xizmat koʻrsatadi. Bogʻda 1 000 nafargacha mehmon, birinchi qavatda 180 nafar, ikkinchi 330 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyati mavjud. Qabul marosimlari uchun bogʻda 3 000 nafargacha mehmon, birinchi qavatda 300 nafar, ikkinchi qavatda 600 nafar mehmon uchun joy mavjud. Ushbu maskanda Istanbul xalqaro jaz festivali hamda Istanbul xalqaro musiqa festivali konsertlari ham oʻtkaziladi.
Manbalar
Turkum:1875-yilda qurib bitkazilgan uylar Turkum:Istanbuldagi Usmonlilar imperiyasi saroylari Turkum:Istanbuldagi restoranlar Turkum:Bosfor Turkum:Turkiyada 19-asr meʼmorchiligi