Fotima Haqiqatjoʻy (shuningdek, Haghighatjou va Haqiqatju tarzida ham yoziladi; ) — eronlik olima va islohotchi siyosatchi, 2000–2004-yillarda Eron parlamentida Tehron, Rey, Shemironot va Eslomshahr vakili boʻlgan. 2005-yilda Eronni tark etgan, hozirda AQShda istiqomat qiladi.
Yoshligi va taʼlimi Haqiqatjoʻy 1968-yil 29-dekabrda janubiy Tehronda tugʻilgan. Oilada toʻrt qizning ikkinchisi. U 6 yoshida baxtsiz hodisa oqibatida otasini yoʻqotgan va yolgʻiz ona qoʻlida tarbiyalangan. Haqiqatjoʻy Tehron universitetida sanʼat bakalavri va Tarbiat Modares universitetida PhD darajasini egallagan.
Siyosiy faoliyati Haqiqatjoʻy Muhammad Xotamiyning prezidentlik kampaniyasida ishlagan va talabalar yetakchisi sifatida Mosharekat partiyasiga qoʻshilgan. 2000-yilda u Eron parlamentidan oʻrin olish uchun saylovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, eng yosh ayol deputatga aylangan.
Ayollar huquqlari, islohotlar va demokratiya tarafdori sifatida Haqiqatjoʻy Ayollarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilish boʻyicha qonun loyihasini taklif etishga hissa qoʻshgan. 2001-yilda Qazvindagi nutqida aytgan gaplari uchun Ruhulloh Xumayniy soʻzlarini tahrif qilganlikda va Ali Xomanaiyni haqorat qilganlikda ayblangan. Oxir-oqibat, unga qoʻyilgan ikkinchi ayblov boʻyicha aybdor deb topilib, 10 oyga shartli qamoq jazosiga hukm qilingan.
U oʻzini feminist deb biladi.
Kasbiy faoliyati Haqiqatjoʻy avval matematika oʻqituvchisi, soʻng qizlar maktabida maslahatchi boʻlib ishlagan. Keyin Tehron universiteti va Shahid Beheshti universitetida maʼruzachi sifatida ishga qabul qilingan. U, shuningdek, Bostondagi Massachusets universiteti hamda Konnektikut universitetining sobiq oʻqituvchisi, Harvard universitetining Kennedy maktabida hamda Massachusetts texnologiya institutining Xalqaro tadqiqotlar markazida ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Shaxsiy hayoti Haqiqatjoʻy 31 yoshida parlament muxbiriga turmushga chiqqan. 2003-yil avgustida u Sara Tahavoriy ismli qiz farzandni dunyoga keltirgan.
Manbalar
Turkum:Eronlik muhojir akademiklar Turkum:AQShdagi eronlik muhojirlar Turkum:Tehron universiteti bitiruvchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:21-asr eronlik ayol siyosatchilar Turkum:Oila terapevtlari Turkum:Eronlik psixologlar Turkum:Eronlik ayol psixologlar Turkum:Eronlik feministlar Turkum:Eronlik inson huquqlari faollari Turkum:Eronlik demokratiya faollari Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayol inson huquqlari faollari