Regina (Grupa Regina) — 1990-yilda Yugoslaviya tarkibiga kirgan Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida tashkil etilgan bosniyalik rok guruhdir. Guruh shu kungacha oʻn bitta studiyaviy albom, bitta jamlanma albom hamda ikkita singl chiqargan.
Regina guruhi 1990-yilda Sarayevo shahrida Aleksandar Čović, Bojan Milicević, Bojan Milijaš, Boris Milijaš va Goran Lučić tomonidan havaskor jamoa sifatida tashkil etilgan. Dastlab guruh uchun xonanda topish muammo boʻlgan, keyinchalik ular Davor Ebnerni tarkibga jalb qilgan. Oʻsha yilning oʻzida „Regina“ nomli ilk albom chiqarilgan. Guruh qoʻshiqlarining matn va musiqalari muallifi Aleksandar Čović boʻlgan.
Tarixi Faoliyatining boshlanishi va muvaffaqiyatlari Aleksandar Čović, Goran Lučić hamda aka-uka Milijašlar dastlab garaj guruhi sifatida faoliyat boshlagan. Keyinchalik ular Davor Ebnerni topgan va u guruhning asosiy xonandasiga aylangan. Bojan Milićević esa 1990-yilda, ilk albom chiqarilishidan avval, jamoaga qoʻshilgan. Guruh tashkil etilgach, „MI NISMO MERLIN, MI SMO REGINA“ („Biz Merlin emasmiz, biz Reginamiz“) shiori bilan Yugoslaviya boʻylab tezda mashhurlikka erishgan.
Bosniya va Gersegovinada Yugoslaviya urushlari boshlangach, guruhning serb aʼzolari Belgrad shahriga koʻchib oʻtgan va „Regina“ faoliyatini shu yerda davom ettirgan. Guruh 2000-yilgacha faoliyat yuritgan, shundan soʻng Čović yakkaxon faoliyatini boshlagan. 2005-yilda esa „Regina“ asl tarkib bilan qayta birlashgan hamda Radio S tomonidan tashkil etilgan Serbiya radiofestivalida sahnaga chiqqan. 2007-yilda guruh Budva shahridagi Jaz Beach hududida oʻtkazilgan The Rolling Stones konsertida ochilish dasturi ijrochisi sifatida qatnashgan.
Eurovision — 2009 2009-yil 16-may kuni guruh „Bistra voda“ qoʻshigʻi bilan „Eurovision — 2009“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etganEurovision Song Contest 2009, sarajevo-x.com; accessed 17 August 2016.. Regina birinchi yarim finaldan final bosqichiga yoʻllanma berilgan oʻnta oʻrindan birini qoʻlga kiritgan. Final yakunida esa 106 ball bilan toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
Eurovisiondan keyingi faoliyat 2009-yil iyun oyida „Regina“ „Vrijeme je“ nomli albomini chiqargan. Albomdan „Vrijeme je“, „Bježi dok sam mlad“ hamda „Zvaću te pile moje“ qoʻshiqlari oʻrin olgan. Shuningdek, unda „Bistra voda“ qoʻshigʻining inglizcha va ruscha talqinlari ham joylashtirilganProfile, ESCToday.com, 10 June 2009.. 2011-yilda Regina „Kad poludimo“ nomli albomini taqdim etgan. 2014-yilda esa guruh „Kalimero“ hamda „Zatupi Zaglupi“ singllarini chiqargan. 2016-yilda Regina „Ljubav nije za nas“ nomli tarjimayi hol kitobini nashr ettirgan. 2016-yil 16-avgust kuni guruh bas gitarachisi Denis Čabrić 49 yoshida oilasi bilan Xorvatiyada taʼtil vaqtida yurak xurujidan vafot etgan.
2017-yil 10-fevralda guruh oʻzining oʻn ikkinchi studiyaviy albomi — „U Srcu“ni chiqargan.
2022-yil dekabr oyining oxirida Regina guruhining asosiy xonandasi Davor Ebner yakkaxon faoliyatni boshlash maqsadida jamoani tark etgani maʼlum qilingan hamda tasdiqlangan.
Diskografiyasi Albomlari Regina (1990) Ljubav nije za nas (1991) Oteto od zaborava (1994) Godine lete (1995) Ja nisam kao drugi (1997) Kad zatvorim oči (1999) Devedesete (2000) Sve mogu ja (2006) Vrijeme je (2009) Kad poludimo (2012) U srcu (2017)
Jamlanma albomlar Regina (1992)
Singllar Kalimero (2014) Zatupi Zaglupi (2014)
Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:1990-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar Turkum:Rok guruhlar