Jamila Hashimova (; 1982-yil 9-sentyabrda tugʻilgan), Jiva taxallusi bilan tanilgan ozarbayjonlik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. Jiva „The Voice of Azerbaijan“ loyihasining uchinchi mavsumida gʻolib chiqqan. Uning repertuaridan pop, raqs va R&B yoʻnalishidagi qoʻshiqlar oʻrin olgan boʻlib, ularni ozarbayjon, rus va ingliz tillarida ijro etadi. U „Just Go“ qoʻshigʻi bilan Ozarbayjon vakili sifatida „Eurovision — 2026“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan.

Yoshligi Jamila Hashimova 1982-yil 9-sentyabrda Moskva shahrida tugʻilgan.

Karyerasi Hashimova musiqiy faoliyatini 2003-yilda boshlagan. U 2011-yilda „Eurovision — 2011“ qoʻshiq tanlovi uchun milliy saralash bosqichlarida ishtirok etgan.

2025-yil fevral oyida Hashimova „The Voice of Azerbaijan“ loyihasining uchinchi mavsumi uchun saralashda qatnashgan. Dastlabki bosqichida u barcha toʻrt murabbiyning eʼtiborini qozongan. Keyinchalik Jiva Röya jamoasini tanlagan. Hashimova may oyida tomoshabinlar ovozining 42,6 foizini qoʻlga kiritib, loyiha gʻolibiga aylangan.

Hashimova „Baku Autumn“ tanlovida hamda Montreux Jazz Festival festivalida ishtirok etgan. Shuningdek, u Rast guruhi bilan hamkorlik qilgan hamda yakkaxon ijrochi sifatida Hazz Band bilan ham chiqishlar qilgan.

2026-yil 6-mart kuni İctimai Television telekanali Hashimovaning Jiva taxallusi ostida Ozarbayjon vakili sifatida „Eurovision — 2026“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etishini eʼlon qilgan. U tinglov bosqichida qatnashish uchun saralangan 18 ijrochidan biri boʻlgan hamda hakamlar hayʼati qaroriga koʻra yakuniy bosqichga yoʻl olgan uch ishtirokchidan biri sifatida tanlangan.

Diskografiyasi Maʼlumotlar Apple Music platformasidan olingan. Singllari Nomi Yil Stop Crying 2021 Hey Guy Telefon Söhbəti 2022 Kəpənək(Cris Taylor) Yalan 2023 Rəqs Et İsti Nəfəsin 2025 Just Go 2026 Manbalar

Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:Ozarbayjon Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar