Nicole Seibert (qizlik familiyasi: Hohloch; 1964-yil 25-oktyabrda tugʻilgan), sahnada shunchaki Nicole nomi bilan tanilgan — germaniyalik xonanda, qoʻshiqnavis, musiqachi va prodyuser. 1982-yilda u Eurovision qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqan ilk Germaniya vakili boʻldi. U 25 dan ortiq studiyaviy albom hamda 80 ta singl taqdim etgan. Ularning ayrimlarini, ingliz, golland va fransuz tillarida ijro etgan hamda yozib olgan. U oʻzining ayrim musiqiy asarlari uchun matn va musiqani shaxsan oʻzi yozgan.

Hayoti va karyerasi Hohloch Gʻarbiy Germaniya tarkibidagi Saarland oʻlkasining Saarbrücken shahrida tugʻilgan. U to‘rt yoshidanoq sahnaga chiqa boshlagan bo‘lsa-da, ilk tijoriy muvaffaqiyatiga 16 yoshida, "Flieg nicht so hoch, mein kleiner Freund" nomli birinchi singli taqdim etilgandan keyin erishgan. Ushbu tarona Avstriya xit-paradlarida 2-pog‘onagacha ko‘tarildi, shuningdek, Yevropaning bir qator musiqiy chartlarida Top-40 talikdan joy oldi.

U 17 yoshida "Ein bißchen Frieden" taronasi bilan Eurovision qo‘shiq tanlovi 1982 tanlovida g‘olib chiqdi va ushbu kompozitsiya Yevropaning bir qator musiqiy chartlarida 1-pog‘onagacha ko‘tarildi. Tanlovdagi ovoz berish jarayoni yakunlangach, Hohloch ushbu taronani asl nemis tili bilan bir qatorda ingliz, fransuz va niderland tillarida ham qisman ijro etib, qayta kuyladi.

Yillar o‘tib bergan intervyusida Hohloch Isroildan olingan ballar haqida to‘xtalib, shunday deydi: "Biroq eng muhim g‘alaba — nemis qizining Isroildan tinchlik haqidagi qo‘shig‘i uchun 12 ball olgani bo‘lgan". Suhbat davomida u Isroil hukumati tomonidan Tel-Avivga taklif qilinganini hamda u yerda xizmat qilayotgan askarlar uchun qo‘shiq kuylaganini ham ta’kidlab o‘tgan.

U "Ein bißchen Frieden" taronasining "A Little Peace" nomli inglizcha versiyasini ham yozgan bo‘lib, ushbu kompozitsiya Buyuk Britaniyaning UK Singles Chart xit-paradida 1-pog‘onagacha ko‘tarilgan. Ushbu qo‘shiq keyinchalik Buyuk Britaniya singllar chartida birinchi o‘rinni egallagan 500-qo‘shiq bo‘ldi. Shuningdek, taronaning fransuz tilidagi „La Paix sur Terre“, niderland tilidagi „Een beetje vrede“, ispan tilidagi „Un poco de paz“, daniyacha „En smule fred“, sloven tilidagi „Malo miru“, rus tilidagi „Немного мира“, polyak tilidagi „Troszeczkę ziemi, troszeczkę słońca“ hamda venger tilidagi (Neoton Família guruhi bilan hamkorlikda yozilgan) „Egy kis nyugalmat kívánok én“ kabi toʻliq versiyalari ham yozib olingan.

Mukofot va unvonlari 1982-yil: Eurovision qoʻshiq tanlovida 1-oʻrin. 1983-yil: Tokiodagi „Butunjahon ommabop qoʻshiqlar festivali“da (World Popular Song Festival) „So viele Lieder sind in mir“ taronasi bilan 2-oʻrin. 1991-yil: „Ein leises Lied“ qoʻshigʻi bilan Germaniyaning „Schlagerparade“ xit-paradi gʻolibi. 1993-yil: „Eng yaxshi shlyager yoʻnalishidagi ayol xonanda“ (1992-yilgi natijalarga koʻra) nominatsiyasida „Echo Award“ mukofoti. 1999-yil: „Saarland Order of Merit“ (Saar oʻlkasining xizmatlari uchun ordeni) bilan taqdirlangan.

Diskografiyasi Studiyaviy albomlari YilNomiIlk bor nashr etilgan shakli1981Flieg nicht so hoch, mein kleiner Freund 1981-yil1982Ein bißchen Frieden 1982-yil 17-iyun1982 A Little Peace 1982-yil oktyabr 1982 Meine kleine Freiheit 1982-yil noyabr/dekabr1983So viele Lieder sind in mir 1983-yil 10-oktyabr1985Gesichter der Liebe 1985-yil1986Laß mich nicht allein 1986-yil1987Moderne Piraten 1987-yil1988So wie du 1988-yil1990Für immer...für ewig... 1990-yil1991Und ich denke schon wieder nur an dich 1991-yil 2-sentyabr1992Wenn schon...denn schon1992-yil 9-noyabr1993Mehr als nur zusammen schlafen gehn 1993-yil 4-oktyabr1994Und ausserdem 1994-yil 24-oktyabr1996Pur 1996-yil 3-iyun1998Abrakadabra 1998-yil 20-aprel1999Visionen 1999-yil 20-sentyabr2001Kaleidoskop 2001-yil 2-aprel2002Ich lieb dich2002-yil 9-sentyabr2004Für die Seele 2004-yil 3-may2005Alles fließt 2005-yil 30-may2006Begleite mich 2006-yil 24-mart2008Mitten ins Herz 2008-yil 8-fevral2009Meine Nummer 1 2009-yil 19-iyun2012Jetzt komm ich 2012-yil 16-mart2013Alles nur für Dich 2013-yil 10-may2014Das ist mein Weg 2014-yil 24-oktyabr2016Traumfänger 2016-yil 15-aprel201712 Punkte 2017-yil 14-aprel201950 ist das neue 25 2019-yil 11-oktyabr

Manbalar

Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovining gʻoliblari Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Germaniyalik qo'shiqchilar