„Tanzschein“ (oʻzbekcha maʼnosi: „Raqs litsenziyasi“) — Cosmó taxallusi bilan tanilgan avstriyalik xonanda Benjamin Gedeon ijrosidagi qoʻshiq. Tarona matni va musiqasi Gedeon, Elias Stejskal hamda Ella Stern tomonidan yozilgan. Qoʻshiq 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026da Avstriya sharafini himoya qilgan hamda mamlakatning rasmiy singllar xit-paradida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarilgan.
Kompozitsiyasi Gedeon ijodiy jamoasi bilan qoʻshiq ustida bir necha bor ishlagan edi. Kunlarning birida u Venada yugurib yurganida, toʻsatdan telefonini oladi va naqarotning birinchi qatori — „Sie brauchen einen Tanzschein“ (oʻzbekcha maʼnosi: „Sizga raqs litsenziyasi kerak“) qismini kuylab, tasmaga yozib oladi. Gedeon bu jarayonni eslar ekan: "Buni prodyuserimga koʻrsatganimda, u: „Ha, mana bunisi zoʻr“, deb aytdi", — deya taʼkidlaydi. Gedeon oʻsha jarayonni quyidagicha eslaydi: „Balki yana bir-ikkita qoʻshiq yozarmiz?“ — deb koʻrdim, lekin baribir diqqatimni jamlay olmadim. U soʻzida davom etib: „Butun vujudim bilan aynan shu qoʻshiqqa berilib ketgandim… Uni oxiriga yetkazishim, munosib darajada tayyorlashim shart edi“, — deya qoʻshimcha qiladi.
Qoʻshiq matni haqida gapirar ekan, Cosmó oʻz xotiralari bilan boʻlishib: „Klubga birinchi marta borganimda, u yerda hech kim raqsga tushmayotgan edi, biroq ular bir-biri bilan gaplashayotgani ham yoʻq edi“, — deya taʼkidlaydi. U oʻsha paytdagi taassurotlarini davom ettirib: „Hamma shunchaki bir joyda toʻplanib turardi… Ularning xayolidan nimalar oʻtayotganini ham tushunolmasdim… Hech kim raqsga tushishni boshlamasdi… Menimcha esa, odam musiqadan zavqlanishi va raqsga tushishi kerak“, — deydi. U soʻzini yakunlar ekan: „Kundalik tashvishlarni unutish va hayotdan haqiqiy zavq olishning yagona yoʻli ham shu… Shunchaki borliqni unutib, oʻz-oʻzingga quloq tutishing kerak“, — deya fikr bildiradi. U soʻzini davom ettirib: „Eng muhimi — shunchaki yolgʻiz oʻzing uchun emas, balki boshqalar bilan birgalikda, hamohanglikda raqsga tushishdir“, — deya taʼkidlaydi.
Videoklip Videoklip gʻoyasi haqida soʻralganda, Cosmó shunday javob berdi: „Prodyuser Phil va Sonority kompaniyasining ajoyib jamoasida shunday bir fikr bor edi… Odam oʻz ichidagi yovvoyi tabiatni — ichki intilishlarini jilovlay olmaydi, bilasizmi, u baribir har doim siz bilan birga yashaydi“. U soʻzida davom etib: „Klipda koʻzguga qaraganimda u yerda arslon aks etgan sahna borligi ham aynan mana shu bilan bogʻliq“, — deya tushuntiradi. U klip mazmunini yakunlar ekan: „Bu koʻproq oʻz ichingdagi yovvoyi tabiatni erkinlikka chiqarish… Raqs orqali ichki tuygʻularingni tashqariga otish haqida… Biz videoklipda aynan mana shu holatni koʻrsatishni istagan edik“, — deydi. U klipdagi ramziy sahnalarni tasvirlashda davom etib: „Shuningdek, unda oʻsha ajoyib Hannah oʻz niqobini yechib, insonga aylanishi hamda barchamiz bilan birgalikda raqsga tushishi orqali hayvoniylikdan insoniylikka oʻtish jarayoni ham koʻrsatilgan“, — deya qoʻshimcha qiladi.
Eurovision qoʻshiq tanlovi Vena chorlamoqda — Avstriya nomidan kim kuylaydi? Cosmó 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Avstriya vakilini aniqlash uchun oʻtkazilgan „Vienna Calling — Wer singt für Österreich?“ milliy saralash bosqichida qatnashadigan 12 nafar ijrochi qatorida eʼlon qilindi. Uning saralash bosqichida ishtirok etadigan „Tanzschein“ nomli taronasi 2026-yil 7-fevralda ommaga taqdim etildi. Mazkur saralash bosqichi 2026-yil 20-fevral kuni Vena shahrida boʻlib oʻtdi. Ovoz berish jarayoni yakuniga koʻra, „Tanzschein“ taronasi birinchi oʻrinni egalladi va bu gʻalaba Cosmóga 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida Avstriya sharafini himoya qilish huquqini taqdim berdi. Milliy saralash bosqichidagi jonli ijro sahna koʻrinishi qanday tayyorlangani haqida soʻralganda, Cosmó shunday javob berdi: „Kunlarning birida guruhimiz bilan birga oʻtirib, raqqoslarni qayerdan topsak ekan? deb rosa bosh qotirayotgan edik“. U soʻzida davom etib: „Sahnada biz bilan birga raqschilar ham boʻlishini juda-juda istayotgan edik“, — deydi. U guruh aʼzolarining qarorini eslar ekan: „Buni oʻzimiz qilmaymizmi?“ deb oʻyladik. Hammamiz bir ovozdan: „Yaxshi fikr, qani ketdik!“ deb javob berdik, — deya hikoya qiladi.
Eurovisionda Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026 Avstriyaning Vena shahridagi „Wiener Stadthalle“ arenasida boʻlib oʻtdi. Tanlov doirasidagi ikkita yarimfinal bosqichi 2026-yilning 12 va 14-may kunlari, katta final esa 16-may kuni tashkil etildi. Avstriya mezbon mamlakat sifatida tanlovning final bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldi va yakuniy shouda 25-raqam ostida (eng oxirgi boʻlib) oʻz qoʻshigʻini ijro etdi. Bundan tashqari, Cosmó ikkinchi yarimfinalda „Tanzschein“ taronasini Kipr vakili Antigonining chiqishidan keyin hamda Latviya vakili Atvaradan oldin ijro etdi. Yakuniy final bosqichida mazkur tarona bor-yoʻgʻi olti ball jamgʻargan holda, tanlovni 24-oʻrinda yakunladi.
Chartlar + Haftalik chartlar Chartlar (2026) Eng yuqorioʻrin Austria Airplay (IFPI) 20 Lithuania (AGATA) 99
Manbalar
Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:Avstriya qo'shiqlari Turkum:2026-yil singllari