Ingeborg (toʻliq ismi Ingeborg Thérèse Marguerite Sergeant; 1966-yil 15-oktyabrda Menen shahrida tugʻilgan) — belgiyalik xonanda va teleboshlovchi. U Belgiyadan tashqarida asosan 1989-yilda oʻtkazilgan „Eurovision-1989“ tanlovidagi ishtiroki bilan tanilgan.
Karyerasi Yoshlik yillari Ingeborg Antverpendagi Studio Herman Teirlinckda tahsil olgan. Bu muassasa yosh xonandalar va sahna ijrochilarini tayyorlashga ixtisoslashgan taʼlim maskani hisoblanadi. Uning kursdoshlari orasida niderlandiyalik xonanda Stef Bos ham boʻlgan boʻlib, ular oʻrtasida ham professional, ham shaxsiy hamkorlik shakllangan. U boshqa hamkasblari bilan birgalikda Zwiep en Brons nomli ijodiy guruhni tuzgan hamda 1988-yilda Niderlandiyaning Leiden shahrida oʻtkazilgan Leids Cabaret Festivalida hakamlar mukofotini qoʻlga kiritganLeids Cabaret Festival history (in Dutch).
Eurovision 1989-yilda Ingeborg ijrosidagi „Door de wind“ („Shamol orqali“) qoʻshigʻi 34-"Eurovision-1989" tanlovida Belgiya vakili sifatida ishtirok etish uchun tanlangan. Musobaqa 6-may kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan. Ikkinchi yil ketma-ket Belgiya qoʻshigʻi hakamlar hayʼati tomonidan yetarli darajada qoʻllab-quvvatlanmagan va yakunda 22 ishtirokchi orasida 19-oʻrinni egallagan.
Karyerasining yakuni 1990-yilda Ingeborg VTM telekanalida boshlovchi sifatida faoliyat yurita boshlagan. U „Blind Date“, „All You Need is Love“ va „Bluff!“ kabi koʻrsatuvlarni olib borgan hamda 1990–2006-yillar davomida efirga uzatilgan bolalar uchun moʻljallangan „Schuif Af!“ dasturining asosiy boshlovchisi sifatida tanilgan.
1999-yildan beri Ingeborg yoga va meditatsiya instruktori sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda. 2007-yilda esa Vitaliteit raqamli telekanalida boshlovchi va muharrir sifatida ish boshlagan.
Shaxsiy hayoti Ingeborg oʻzining menejeri Roland Keyaert bilan turmush qurgan. Ularning 1994-yilda tugʻilgan farzandlari bor va hozirda Brugge shahrida istiqomad qilib qilishadi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Menenda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar