Maroziq (birlik shakli: Al-Marzuqiy yoki Al-Marzouqiy) — Birlashgan Arab Amirliklari qabilalaridan biri.
Qabila Tunayj va Ras al-Xaymaning shimolidagi Rams aholi punkti bilan bogʻlangan boʻlib, shaharchadagi maroziqlar aholisi gʻarbiy hududga (Bani Humud mahallasi yoki freej) Rams bilan Hulayla oraligʻiga joylashgan. ISoʻnggi islom davriga oid Rams shaharchasi asosan xaymalardan, yaʼni ikki nishabli barasti (palma shoxlari) bilan yopilgan anʼanaviy kichik, tosh devorli uylardan iborat boʻlgan. Hududdagi maroziqlar aholisi 1950-yillarning boshlariga kelib bu yerni tark etgan va bugun BAA boʻylab tarqalib yashaydi. Ramsdagi Bani Humud hududi maroziq oilalari koʻchib ketganidan keyin ham Marzouqiy mahallasi nomi bilan atalgan.
Maroziqlar dastlab Arabistondan koʻchib kelgan, deb hisoblanadi va ular Ramsda joylashgan tuman nomini qabul qilgan; bu tumanda avval eroniylar yashab kelgan edi.
Manbalar
Turkum:Birlashgan Arab Amirliklari qabilalari Turkum:Arabiston qabilalari Turkum:Arab tilidagi familiyalar