Milliy musulmonlar taʼlim kengashi — 1978-yilda Birlashgan qirollik musulmon tashkilotlari ittifoqi tomonidan tashkil etilgan britan xayriya tashkilotiHumayun Ansari, The Infidel within: Muslims in Britain since 1800, C. Hurst & Co. Publishers, 2004, P.350. Uning ilk raisi Safa Xulusiy boʻlganSam Khulusi, Safa Khulusi: Obituary, The Independent, October 5, 1995..
Uning vazifasi „boshqa taʼlim xayriya tashkilotlari bilan taʼlim faoliyatini muvofiqlashtirish. Musulmon boʻlgan katta yoshli va bolalarni oʻqitishga koʻmaklashish kengashning asosiy maqsadidir. Diniy faoliyatlarni targʻib qilish va dinlararo taʼlim kengashlarida ishtirok etish ham shular jumlasidandir.“.
Kengash diniy taʼlim boʻyicha hujjatlar va maqolalar nashr etadiMuslim education quarterly, Volume 15, Islamic Academy, 1997, p. 20. 1988-yilda u hukumatdan maktablarda „asosan xristiancha“ ibodatlarni talab qilgan Birlashgan Qirollikning Taʼlimni isloh qilish toʻgʻrisidagi aktini oʻzgartirishni soʻrab lobbi yuritgan. Ular matndagi iborani „yagona oliy Xudoga ibodat qilish“ tarziga oʻzgartirishni istagan. Shuningdek, Diniy taʼlim boʻyicha doimiy Maslahat qoʻmitalarida musulmonlarning ishtiroki kuchaytirilishini ham talab qilganlarNew community, Volume 18, Centre for Research in Ethnic Relations, University of Warwick, 1991, p.465.. 2001-yilda kengash kotibi Said Aziz Pasha Birlashgan Qirollikdagi pokistonlik bolalarning juda koʻp Qurʼon oʻqishi ularning taʼlimdagi natijalarini yomonlashtirayotgani haqidagi hisobot fonida musulmon diniy taʼlimini himoya qilganWarwick Mansell, Anger at attack on Muslim education, Times Educational Supplement, 2 November 2001..
Manbalar
Turkum:Musulmonlar taʼlimi