Qalgʻanchi ( , ) — Turk mifologiyasi va oltoy anʼanaviy eʼtiqodlarida oxirgi zamonnig nomlanishi.
Etimologiyasi Bu soʻz koʻtarilish, turish, qalqish kabi manolarga ega (Qalq-/qalqi-/qalgʻi-) oʻzagidan yasalgan. Oʻzagi qalq-/qalqi-/qalgʻi- kabi boʻlgan fellar koʻplab turkiy tillarda uchraydi.
Ta'rif Qalgʻanchi kuni (“ko‘tarilish kuni”). Bu dunyo va/yoki koinot yo‘q bo‘lib ketadigan, so‘ngra barcha o‘liklar qayta tiriladigan kundir. Bu tasavvurga ko‘ra, yer yuzida hayot abadiy emas: bir kuni hayot tugaydi va odamlar, hayvonlar hamda o‘simliklar yo‘q bo‘lib ketadi. Shu kun yaqinlashar ekan, insoniyat tanazzulga yuz tutadi, jinoyatlar ko‘payadi, gunohlar kuchayadi va odamlarning Tangriga bo‘lgan qo‘rquvi yo‘qoladi. Buyuk urush sodir bo‘ladi: Ulgen (ezgulik) va Erlik (yovuzlik) o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jangda barcha jangchilar halok bo‘ladi, faqat Ulgenning o‘zi qoladi. Ulgen yer yuzida o‘zidan boshqa hech kim qolmaganini ko‘rgach, u odamlarni tiriltiradi.
Rivoyatlar Turk xalqlarida qalgʻanchi va uning yaqinlashayotgani alomatlari bilan bogliq turli rivoyatlar mavjud. Oltoy xalqlarida qalgʻanchi alomatlari haqida quyidagi rivoyat yozib olingan:
Qalgʻanchi kuni Oltoy xalqlari tassavuriga ko‘ra Ulgen va Erlik orasida kurash bilan otadi:
Mandishira Kereyni, Erlik esa Mandishira va Meytereni oʻldiradi. Meytere qoni yerni yondiradi, olov osmongacha koʻtariladi, Erlikning oʻzi ham bu yongʻinda halok boladi. Shundan soʻng Ulgen barcha oʻlganlarni tiriltiradi.
Manbalar
Havolalar Turkum:Markaziy Osiyo va turkiy xalqlar mifologiyasi Turkum:Mifologiya loyihasi maqolalari