Bab al-Futuh () Qohiraning eski shahridagi shahar devorida saqlanib qolgan uchta darvozadan biridir, u Misrda joylashgan. Bu darvoza al-Muizz koʻchasining shimoliy qismida joylashgan. Qolgan ikki darvoza shimolda joylashgan Bab an-Nasr (Gʻalaba darvozasi) va janubda joylashgan Bab Zuvayla (Zuvayla darvozasi) hisoblanadi. Darvoza Fotimiylar davrida, dastlab X asrda qurilgan boʻlib, keyinchalik XI asr oxirida hozirgi koʻrinishida qayta bunyod etilgan.

Tarixi Qohira dastlab 969-yilda xalifa al-Mu’izz buyrugʻi bilan fotimiy lashkarboshi Jaʼfar tomonidan barpo etilgan vaqtida u gʻishtdan qurilgan shahar devorlari va ularga oʻrnatilgan bir necha darvozalar bilan oʻralgan edi. Keyinchalik, xalifa al-Mustansir hukmronligi davrida, vazir va lashkarboshi Badr al-Jamoliy shahar devorlari va darvozalarini toshdan qayta qurdi. Hozirgi darvoza shu tariqa 1087-yilda, yonidagi Bab an-Nasr darvozasi bilan birga qurishi bitkazildi. Bab al-Futuh dastlab Bab al-Iqbol, yaʼni „Taraqqiyot darvozasi“ deb atalgan, biroq Badr al-Jamoliy uni qayta qurganida hozirgi nomi berilgan.

Tasviriy sanʼatda Vittore Carpaccio 1502-yilda ishlagan St. George va ajdaho nomli suratida Bab al-Futuhni tasvirlagan.

Yana qarang Qohira darvozalari Qohiradagi tarixiy yodgorliklar ro‘yxati

Manbalar

Turkum:Qohira darvozalari