Malik Mehmed () yoki Muhammad Gʻoziy (1142-yilda vafot etgan) — Donishmandiyaning toʻrtinchi hukmdori.
Hayoti Yoshlik davri Mehmed Donishmandiy Amir Gʻoziyning oʻgʻli boʻlgan. Otasining hukmronligi davrida Mehmed turli harbiy yurishlarda uning qoʻl ostida xizmat qilgan. Malik Mehmedning nomi tarixiy manbalarda ilk bor 1124-yilda muhim shaharlardan biri boʻlgan Malatyani otasining nomidan egallanishi bilan bogʻliq manbalarda tilga olinadi. 1127-yilda esa Mehmedning oʻzi arman shahzodasi Toros II va saljuqiy shahzoda Arab tomonidan asir olingan va otasi shaharni qamal qilib qoʻlga olguniga qadar poytaxt Anqarada qamab qoʻyilgan. Shundan soʻng Mehmed ozod etilganLau 2023, p. 171..
Hukmronligi Mehmed 1134-yilda otasining vafotidan soʻng malik (qirol) sifatida taxtga oʻtirdi. Biroq tez orada akalari Yagʻi va Ayn ud-Davla tomonidan uyushtirilgan qoʻzgʻolonlar bilan toʻqnash keldiLau 2023, p. 184.. Zaiflikni sezgan Rim imperatori John II Komnenos 1135-yil qishida Mehmedga qarshi yurish qilib, Kastamonu shahrini egalladi. Mehmed Koʻniya sultoni boʻlgan kuyovi Masʼud I ni Ioann bilan tuzilgan ittifoqdan voz kechirishga koʻndirib, keyingi yoʻqotishlarning oldini oldiLau 2023, pp. 185-186..
1137-yilga kelibgina Mehmed oʻz davlatini barqarorlashtirib, Ioann II hisobiga hududini kengaytirish uchun yurishga tayyorlandi. Avvalo, Mehmed ikkinchi oʻgʻli Zunnunni Masʼudning qizlaridan biriga uylantirib, Donishmandiy–Saljuqiy ittifoqini yangiladi. Soʻng Ioannning salibchi vassallariga Marashda hujum qildi, biroq hududlarini kengaytirish boʻyicha katta yutuqlarga erisha olmadi. Shimolga chekingach, oʻsha paytda Antioxiyada boʻlgan Ioann oʻz vassaliga yordamga kelib, Mehmeddan Kapniskerti kalit qal’asini tortib oldiLau 2023, pp. 223-225.. Arman manbasida keyingi yili Mehmed yana Kilikiyada yurish amalga oshirayotgani qayd etilganLau 2023, p. 240..
1139-yilda imperator Konstantinopolga qaytgach, Mehmedning omadi keldi. Donishmandiylar kuchlari bir vaqtning oʻzida Vifiniya va Kilikiyaga bostirib kirdi. Mehmed Kapniskerti, shuningdek, Vaxa nomli yana bir qal’ani qayta egalladiLau 2023, p. 247.. Yil oxirida Ioann yana Onadoʻliga qaytdi. Biroq 1140-yil fevralida Mehmedning qoʻl ostidagi kattaroq qoʻshinga qarshi qozonilgan Pirr gʻalabasi imperatorni qoʻshinni qayta tiklash uchun yana Konstantinopolga qaytishga majbur qildiLau 2023, pp. 249, 252..
Oʻlimi Mehmed 1142-yil 6-dekabrda navbatdagi Komnin bosqini boshlanishidan avval vafot etdi. Imperator esa keyingi yil aprel oyida olamdan oʻtdi. Mehmeddan soʻng malik sifatida ikkinchi oʻgʻli Zunnun taxtga oʻtirdi. Biroq Mehmedning akalari va boshqa oʻgʻillari Zunnunning taxtga tayinlanishini tan olishdan bosh tortgani bois donishmandiylar orasida yana fuqarolar urushi boshlandiLau 2023, pp. 258, 260..
Mehmedning jasadi mumiyolangan edi. Uning maqbarasi Qayseridagi Melikgazi hududida joylashgan. Mumiyosi 1935-yilda vandalizmga uchrab, bir qoʻli kesib tashlangan. 1978-yilda esa mumiyoning bir qismi kuydirilgan.
Manbalar
Adabiyotlar Lau, Maximilian C. G. (2023). Imperator Ioann II Komnin: Yangi Rimni qayta qurish 1118–1143. Oxford University Press.
Turkum:1142-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar