Al-Xattob ibn Nufayl () — Makka shahridagi Quraysh qabilasining bir tarmogʻiga mansub qabila boshligʻi. VI asrda yashagan va islom paygʻambari Muhammadning zamondoshi boʻlgan. Uning oʻgʻli Umar islomni qabul qilib, keyinchalik Abu Bakrdan so'ng ikkinchi Roshidun xalifasi boʻlgan. Bir qancha sahobalarining ajdodiAl Maarif, by Ibn Qutaybah page 77, Chapter „Dhikr Umar“ .
Tarjimai holi Al-Xattob Nufayl ibn Abduluzzoning oʻgʻli edi. Uning otasi Qurayshning Banu Adiy urugʻi boshligʻi boʻlgan. Otasining vafotidan soʻng u Banu Adiy boshligʻi sifatida uning oʻrnini egallagan.
Al-Xattobning Amr ibn Nufayl ismli bir ukasi boʻlgan, biroq u yoshligida vafot etgan. Amrning Zayd ismli oʻgʻli boʻlib, qabiladoshlari va qarindoshlari bilan yaxshi munosabatda boʻlgan. Biroq jiyani Zayd ibn Amr bilan munosabati asta-sekin yomonlasha boshlagan, chunki jiyani Allohdan boshqa xudolarni inkor etib, qatʼiy tavhidni qabul qilgan edi. Bu hol Nufaylning oilasi va Banu Adiy urugʻining koʻplab aʼzolarini gʻazablantirgan.
Zaydning xotini Safiya uning Suriyaga safar qilishini yoqtirmas edi. U har safar Zaydning safarga tayyorlanayotganini koʻrganida bu haqida al-Xattobga xabar berardi. Al-Xattob esa Zaydni dinidan voz kechgani uchun koyirdi. Zayd al-Xattobga oʻzini oqlashga urinmas, biroq Safiyani uni sharmanda qilishga uringani uchun koyirdi. Shundan keyin al-Xattob Zaydni shu qadar qattiq taʼqib qilganki, Zayd shaharni tark etishga majbur boʻlgan. U hayotining soʻnggi bir necha yilini Makka atrofidagi togʻ gʻorlarida oʻtkazgan. Shundan soʻng al-Xattob Qurayshning yosh yigitlariga Zaydning shaharga boshqa hech qachon kira olmasligini taʼminlashni buyurgan. Zayd har safar shaharga yashirincha kirishga uringanda al-Xattobning odamlari uni yana quvib chiqarishganGuillaume, A. (1960). New Light on the Life of Muhammad, p. 27. Manchester: Manchester University Press..
Roshidunning ikkinchi xalifasi Umar al-Xattob ibn Nufaylning oʻgʻli boʻlgan. Uning yana Fotima bint Xattob ismli qizi hamda Zayd ibn al-Xattob ismli oʻgʻli ham bor edi. Qizi hanif Said ibn Zaydga turmushga chiqqan va keyinchalik ularning ikkalasi ham islomni qabul qilib, musulmon boʻlgan. Biroq ular yangi dinga eʼtiqod qilayotganini al-Xattob va Umardan yashirgan. Al-Xattob 614–616-yillar oraligʻida vafot etgan.
Al-Yahsubiy (vafoti: 1149) tomonidan saqlangan rivoyatlarda al-Xattobning islomni qabul qilgani aytiladi.
Oilasi Al-Xattob paygʻambar Muhammadning koʻplab sahobalarining qarindoshi boʻlgan.
Otasi Nufayl ibn Abduluzzo Onasi Hia binti Jobir ibn Abu Habib ibn Malik ibn Nasr ibn Harom ibn Amir ibn Salim Xotinlari Hantama binti Hishom — Qurayshning badavlat Banu Maxzum urugʻiga mansub. Asmo bint Vahb — al-Xattobning ikkinchi xotini. Farzandlari Umar ibn al-Xattob — Hantama va al-Xattobning katta oʻgʻli. Fotima bint Xattob — Hantama va al-Xattobning qizi. Zayd ibn al-Xattob — al-Xattob va uning ikkinchi xotini Asmo bint Vahbning oʻgʻli. Qizlari va kelin-kuyovlari Said ibn Zayd Zaynab bint Mazʼun 605-yildan oldin Umarga turmushga chiqqanMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers.. Ummu Kulsum binti Jarval 616-yildan oldin Umar ibn al-Xattobga turmushga chiqqan. Qurayba binti Abu Umayya 616-yildan oldin Umarga turmushga chiqqanMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Fishbein, M. (1997). Volume 8: The Victory of Islam. Albany: State University of New York Press. Nabiralari Hafsa bint Umar Abdulloh ibn Umar Ubaydulloh ibn Umar Zayd ibn Umar Osim ibn Umar — mashhur ilk ulamosi Abdurahmon ibn Said ibn Zayd — Fotimaning oʻgʻli.
Manbalar
Havolalar https://web.archive.org/web/20120717072558/http://www.sunnahonline.com/ilm/seerah/0019.htm
Turkum:Umar Turkum:Makkaliklar