Julian Andrés Quiñones Quiñones (1997-yil, 24-martda tugʻilgan) — professional futbolchi, Saudiya Arabistoni Pro-ligasining „Al-Qadsiah“ klubida hujumchi yoki vinger sifatida oʻynaydi. Kolumbiyada tugʻilgan, Meksika terma jamoasini himoya qiladi.

Xalqaro faoliyati Kolumbiya

Quinones Kolumbiyaning yoshlar terma jamoasi tarkibida yoshlar musobaqalarida ishtirok etgan, avval 2017-yilgi Janubiy Amerika U20 chempionatida, keyin esa 2018-yilgi Markaziy Amerika va Karib dengizi oʻyinlarida. Biroq, uzoq vaqtdan buyon Meksikada yashaganidan soʻng 2023-yil may oyida Kolumbiya terma jamoasining kattalar jamoasiga chaqiruvni qabul qilmaslikni tanlagan.

Meksika 2023-yil sentyabr oyida Quinones Meksika terma jamoasining oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga qoʻshilgan. Julián avvalroq Meksika sharafini himoya qilish niyatini eʼlon qilgan edi. U oktyabr oyida fuqarolikni qabul qilish jarayonini yakunladi va keyingi oyda terma jamoa birinchi chaqiruvini olgan. Quinones 17-noyabr kuni Gondurasga qarshi KONKAKAF Millatlar Ligasi oʻyinida debyut qildi. U oʻzining birinchi golini 2024-yil 21-mart kuni KONKAKAF Millatlar Ligasining yarim final oʻyinida Panamaga qarshi oʻyinda kiritgan. Meksika oʻyinda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Kinyones 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun oʻz maydonida birgalikda mezbonlik qilgan 26 kishilik tarkibga kiritildi. 2026-yil 11-iyunda Quiñones Janubiy Afrikaga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalabada turnirning ochilish golini urdi. Oʻyindan soʻng u oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. 1/32 finalda Ekvadorga qarshi oʻyinda dastlabki golni urgan va jamoasi 1/8 finalga yoʻl olgani uchun oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan. Keyin Meksika 1/8 finalda Angliya bilan toʻqnash keldi va bu bosqichda 2:3 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Oʻyinda gollardan biriga Quiñones mualliflik qilgan. Shunday qilib, u Jahon chempionati turniridagi toʻrtinchi golini urgan va meksikalik futbolchilar Luis Hernández va Javier Hernández tomonidan oʻrnatilgan rekordni takrorlagan.

Shaxsiy hayoti Nariño shtatining Magui Payán shahrida tugʻilgan Quiñones afro-kolumbiyalik. Uning bolaligi shu darajada qashshoqlikda oʻtganki, hatto telefon orqali gaplashish uchun ham uch soat qayiqda suzishiga toʻgʻri kelgan. Quiñones meksikalik model va influenser Ana Gabriela Amatoga uylangan. Juftlik 2022-yilda uchrasha boshlagan va oʻsha yilning dekabrida turmush qurgan. Ularning qizi Alanna 2023-yil 26-dekabrda dunyoga kelgan.

Faoliyat statistikasi Klub

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarVenados (ijara)2015–16Ascenso MX14363——206Tigres UANL2016–17Liga MX700031—1012018–19Liga MX2564162—3592019–20Liga MX40—20—602020–21Liga MX232——10242Jami59841113107512BUAP (ijara)2017–18Liga MX281700——2817Atlas2021–22Liga MX4314——1144152022–23Liga MX3518—33103921Jami7832—33218336América2023–24Liga MX4118—73425223Al-Qadsiah2024–25Saudiya Pro ligasi282055——33252025–26Saudiya Pro ligasi313334—103537Jami595389—106862Umumiy faoliyat statistikasi278129181321983325154

Xalqaro

+ Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarMeksika202320202482202580202694Jami276

Hsiob va natijalar birinchi boʻlib Meksikaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, hisob ustuni Quiñonesning har bir golidan keyingi natijani koʻrsatadi.

+ Julián Quiñones tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxatiNo.SanaStadionOʻyinRaqibHisobNatijaMusobaqa12024-yil 21-martAT&T Stadium, Arlington,AQSH32–03–02024-yilgi KONKAKAF Millatlar ligasi finali22024-yil 8-iyunKyle Field, College Station, AQSH51–22–3Oʻrtoqlik32026-yil 11-iyunEstadio Azteca, Mexiko shahri, Meksika231–02–02026-yilgi jahon chempionati42026-yil 24-iyunEstadio Azteca, Mexiko shahri, Meksika252–03–02026-yilgi jahon chempionati52026-yil 30-iyunEstadio Azteca, Mexiko shahri, Meksika261–02–02026-yilgi jahon chempionati62026-yil 5-iyulEstadio Azteca, Mexiko shahri, Meksika271–22–32026-yilgi jahon chempionati

Yutuqlar Tigres UANL

Liga MX: Apertura 2016, Klausura 2019 KONKAKAF Chempionlar ligasi: 2020 Atlas

Liga MX: Apertura 2021, Klausura 2022 Campeón de Campeones: 2022 América

Liga MX: Apertura 2023, Klausura 2024 Campeón de Campeones: 2024 Kolumbiya U20

Markaziy Amerika va Karib havzasi oʻyinlari: 2018 Meksika

KONKAKAF Oltin kubogi: 2025 KONKAKAF Millatlar ligasi: 2024–25

Shaxsiy

Markaziy Amerika va Karib havzasi oʻyinlari toʻpurari: 2018 Liga MX ramziy terma jamoasi: Klausura 2022https://x.com/LigaBBVAMX/status/1533856319618293764?ref_src=twsrc%5Etfw Liga MXning eng yaxshi hujumkor yarim himoyachisi: 2021–22 Liga MX All-Star (Yulduzlar oʻyini): 2022 Qirol kubogi toʻpurari: 2024–25 Saudiya Professional ligasi „Oltin butsa“si: 2025–26

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nariño departamentilik futbolchilari Turkum:Meksikadagi kolumbiyalik muhojirlar Turkum:Meksika fuqaroligini olgan kishilar Turkum:Kelib chiqishi kolumbiyalik boʻlgan sportchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Tigres UANL futbolchilari Turkum:Venados F.C. futbolchilari Turkum:Lobos BUAP futbolchilari Turkum:Atlas F.C. futbolchilari Turkum:Club América futbolchilari Turkum:Al Qadsiah FC futbolchilari Turkum:Liga MX futbolchilari Turkum:Ascenso MX futbolchilari Turkum:Saudiya Arabistoni Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Meksika milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Kolumbiya milliy futbol terma jamoasi (20 yoshgacha) erkak futbolchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:2025-yilgi KONKAKAF oltin kubogi futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:KONKAKAF oltin kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:KONKAKAF Chempionlar kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:2018-yilgi Markaziy Amerika va Karib dengizi oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Meksikalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi meksikalik muhojir sportchilar Turkum:Saudiya Arabistonidagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:21-asrda Kolumbiyalik erkak sportchilar Turkum:21-asrda Meksikalik erkak sportchilar Turkum:Afrikadan kelgan kolumbiyaliklar Turkum:Afrikadan kelgan meksikaliklar Turkum:Mahalliylashtirilgan futbolchilar