Laros Michael d’Encarnação Duarte (1997-yil 28-fevralda tugʻilgan) — professional futbolchi. U Vengriyaning „Puskás Akadémia“ klubi safida yarim himoyachi sifatida toʻp suradi. Niderlandiyada tugʻilgan boʻlsa-da, Kabo-Verde milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Klubdagi faoliyati Duarte professional faoliyatini 2015-yilda Eerste Divisie vakili „Yong PSV“ safida boshlagan. 2015–16-yilgi mavsumda u PSV tizimiga qoʻshilgan. Eyndhovenga koʻchib oʻtishidan avval esa Rotterdamning „Sparta Rotterdam“ klubida toʻp surganJeugdspeler Duarte tekent bij PSV  — PSV .

2021-yil 31-avgustda Duarte „Groningen“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan.

2024-yil 23-avgustda u Vengriyaning „Puskás Akadémia“ klubiga koʻchib oʻtgan.

Terma jamoadagi karyerasi Duarte Niderlandiyada tugʻilgan boʻlib, kelib chiqishi Kabo-Verdega borib taqaladi. U avval Niderlandiya U-19 milliy terma jamoasi safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

2023-yil sentyabr oyida Duarte 2023-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralash bosqichi uchrashuvlari uchun Kabo-Verde milliy terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan.

2026-yil 18-mayda u Kabo-Verde milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Bubista tomonidan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibiga kiritilganhttps://www.fifa.com/en/tournaments/mens/worldcup/articles/cabo-verde-squad-announcement-world-cup-bubistahttps://www.beinsports.com/en-us/soccer/fifa-world-cup-2026/articles/bubista-s-official-cabo-verde-squad-for-the-2026-fifa-world-cup-2026-05-19.

Shaxsiy hayoti Duarte futbolchi Deroy Duartening akasi hisoblanadi. Familiyasi, tugʻilgan joyi va kelib chiqishi bir xil boʻlishiga qaramay, u futbolchi Lerin Duarte bilan qarindosh emas.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Kabo-Verdelik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Jong PSV futbolchilari Turkum:Sparta Rotterdam futbolchilari Turkum:FC Groningen futbolchilari Turkum:Puskás Akadémia FC futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Nemzeti Bajnokság I futbolchilari Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kabo-Verdelik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Vengriyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari