Taʼlimiy film — bu asosiy maqsadi taʼlim berish boʻlgan film yoki kinofilmdir. Taʼlimiy filmlardan sinfxonalarda boshqa oʻqitish usullariga muqobil ravishda foydalanilgan.

Tarixi Qaysi filmlarni dastlabki taʼlimiy filmlar deb hisoblash kerakligini aniqlash bahsli hisoblanadi. Baʼzi tadqiqotchilar ilk taʼlimiy filmlar 1897-yilda Sankt-Peterburgda namoyish etilganini taxmin qilishsa, boshqa tadqiqotlar ilk taʼlimiy filmlar 1913-yilda xronika-hujjatli filmlardan (kinoxronika) ilhomlanib yaratilganini aniqlagan. Taʼlimiy filmlar sonining ortib borayotgani bunday filmlarni ishlab chiqarish 1900-yillarning boshlarida boshlanganini isbotlaydiWehberg, Hilla. „Some Recent Developments in the Educational Film Field.“ The Journal of Educational Sociology 12.3 (1938): 163-66. Web.. 1910 va 1920-yillarda taʼlimiy filmlarni ishlab chiqarish, tarqatish va namoyish etish asta-sekin institutsionallashdi, bu jarayon turli mamlakatlarda turlicha kechdi.

Taʼlimiy filmdan foydalanish Taʼlimiy filmlar maqsadli auditoriyani belgilangan masalalar haqida xabardor qilishga qaratilgan mahsulotlardirMcClusky, F. Dean. „The nature of the educational film.“ Hollywood Quarterly 2.4 (1947): 371-380.. Oʻrganish mavzusi turlicha boʻladi. Taʼlimiy film odatda uchta asosiy toifaga boʻlingan: oʻrgatuvchi, tarbiyaviy va maktab dasturiga oid.

Taʼlimiy filmlardan jamoatchilikni ijtimoiy muammolardan xabardor qilish va aholining xabardorligini oshirish uchun foydalanish mumkin. Masalan, 1959-yilda namoyish etilgan „What About Prejudice?“ nomli taʼlimiy film oq tanli oʻrta sinfning xurofotlarini muhokama qilgan. 1960-yil oktyabr oyida chiqarilgan „Land and Space to Grow“ filmi yer sotib olish va orzularidagi uyni qurish kabi ulkan sarguzashtga kirishgan odatiy yosh amerikalik er-xotin haqidagi hikoya edi.

Taʼlimiy filmlarda mehnat islohoti, kommunizm, fuqarolik huquqlari va yadro qurolining tarqalishi kabi ijtimoiy masalalar boʻyicha munozarali savollar yoki bahslar ham oʻrtaga tashlanadi. Shulardan biri „Yer islohoti haqida taʼlimiy film“ boʻlib, unda „Hamma uning zarurligiga rozi boʻlgan bir paytda, nima uchun hamma uchun yetarli uy-joy qurish qiyin?“ degan savol oʻrganilgan. Film tomoshabinni ijtimoiy muammolar haqida fikr yuritishga undaydigan taʼsirchan va ohasta taqdim etilgan hikoya shaklida yaratilganPeterson, V. G. „An Educational Film on Land Reform.“ American Journal of Economics and Sociology 20.4 (1961): 410. Web..

Taʼlimiy filmlar oʻqitishda kuchli yordamchi vosita boʻlishi mumkin, chunki ular oʻquvchilar bevosita his qila olmaydigan narsalarni sinfxonaga olib kiradi va shu orqali oʻqitish samaradorligini oshiradi. Masalan, taʼlimiy filmlardan arxitektura fanlarini oʻqitishda foydalanish mumkin, bunda oʻquvchilarni jismonan olib bormasdan turib, biror inshoot boʻylab sayohat qilish imkoniyati yaratiladi. Xuddi shuningdek, hujayra boʻlinishi kabi murakkab tamoyilni oʻrgatishda videorolik ushbu jarayonlarni oʻquvchilarga kerakli darajada koʻp marta namoyish etishi mumkin. Kimyoviy aralashmada zarrachalar hosil boʻlishini koʻrsatuvchi yirik plan kabi maxsus usullar, jonli namoyishda bir guruh oʻquvchilarning barchasi aniq koʻrishi qiyin boʻlgan jarayonning mayda detallarini koʻrsatib bera oladiHancock, C.V, and G.E Bone. „Producing 8mm Teaching Films.“ Education Training 6.11 (1964): 555. Web..

Hujjatli filmlar taʼlimga oid resurs sifatida foydalanilib, taʼlimiy filmlarning asosiy toifasi hisoblanadi. Ular asosan maktablarda oʻquv maqsadlarida namoyish etilgan va bolalarga turli mavzularni tanishtirish uchun foydalanilgan. Biroq, hujjatli filmlardan oʻqituvchilarni tayyorlashda ham foydalanilgan. 1950-yilga kelib, Nyu-York universitetining Taʼlimiy filmlar kutubxonasi, Kolumbiya oʻqituvchilar kolleji va Zamonaviy sanʼat muzeyi kabi nufuzli taʼlimiy film muassasalari bolalar uchun moʻljallangan „A Better Tomorrow“ (1945), „Tomorrow’s a Wonderful Day“ (1948) va „The Childrenʼs Republic“ (1947) kabi hujjatli filmlar oʻqituvchilar tayyorlash, bolalar parvarishi va rivojlanishi, hatto „huquqbuzar“ deb ataluvchilarni reabilitatsiya qilish bilan qiziquvchi kattalar auditoriyasi uchun ham mos keladi, deb hisoblashgan.

Yana qarang Bell System Coronet filmlari Sid Davis Jam Handy James Myer

Manbalar

Qoʻshimcha oʻqish uchun Devin Orgeron, Marsha Orgeron, and Dan Streible (eds.), Learning with the Lights Off: Educational Film in the United States. New York: Oxford University Press, 2012.

Havolalar

https://archive.org/details/educationalfilms Simplified History of Educational Film Producers Educational Films on Asia Multiple examples of language training films

Turkum:Kino janrlari