thumb|Ispaniyadagi Alhambra saroyidagi islimiy naqsh bezaklarining tafsiloti thumb|Ardabil gilami, saqlanib qolgan eng nafis Fors gilami namunalaridan biri, Tabriz, XVI asr o‘rtalari thumb|Soy bo‘yidagi ovchilar — Rizo Abbosiy, , Bruklin muzeyi

Islom san’ati Islom madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, u milodiy VII asrdan boshlab musulmon aholisi yashagan yoki ular hukmronlik qilgan hududlardagi insonlar tomonidan yaratilgan tasviriy san’at turlarini o‘z ichiga oladiMarilyn Jenkins-Madina, Richard Ettinghausen and Oleg Grabar, 2001, Islamic Art and Architecture: 650–1250, Yale University Press, , p.3; Brend, 10. Xilma-xil o‘lkalar, davrlar va janrlarga xos an’analarni umumlashtiruvchi “Islom san’ati” tushunchasi dastlab XIX asr oxirida g‘arblik san’atshunoslar tomonidan muomalaga kiritilgan. Jamoat joylariga mo‘ljallangan Islom san’ati, asosan, tirik mavjudotlar tasvirisiz bo‘lib, bundan faqat keng tarqalgan o‘simliksimon shakllar, xususan, spiralsimon islimiy naqshlar mustasno. Ushbu naqshlar ko‘pincha Islom xattotligi hamda geometrik naqshlar bilan uyg‘unlashib ketadi. Bular xilma-xil vositalarda — sopol yoki metall buyumlardan tortib, yirik binolar hamda masjidlarning ichki va tashqi devorlaridagi koshinli bezaklargacha keng qo‘llaniladi. Islom san’atining boshqa shakllariga Islom miniatyura san’ati, shisha hamda sopol buyumlar va to‘qimachilik san’ati namunalari, masalan, gilamlar va kashtachilik kiradi.

Islom san’atining ilk rivojlanish bosqichlariga Rim san’ati, ilk xristian san’ati (xususan, Vizantiya san’ati) hamda Sosoniylar san’ati, keyinroq esa Markaziy Osiyo ko‘chmanchilik an’analari sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Xitoy san’ati ham Islom tasviriy san’ati, sopolchilik va to‘qimachilik rivojiga katta hissa qo‘shgan. Ilk davrlardanoq Islom san’ati Qur’oni karimning yozma matni va boshqa muhim diniy manbalarga tayanib shakllangan. Bu esa so’zni ilohiy vahiy vositasi sifatida gavdalantiruvchi xattotlik san’atining muhim o‘rin tutganida o‘z aksini topgan.

Diniy yo‘nalishdagi Islom san’ati uchun, odatda, tirik mavjudotlar timsollaridan xolilik hamda xattotlik, geometrik va abstrakt o‘simliksimon naqshlardan keng foydalanish xosdir. Shunga qaramay, tarixan deyarli barcha Islom madaniyatlarida inson va hayvonlar tasviri gurkirab rivojlangan. Biroq, qisman diniy qarashlar va e’tirozlar sababli, tasviriy san’atdagi tirik mavjudotlar ko‘pincha stilizatsiya qilingan va bu xilma-xil bezakli shakllar tizimining yuzaga kelishiga turtki bergan.

Diniy va dunyoviy san’at namunalari ko‘pincha bir xil manbalar, uslublar hamda shakllarni o‘zida aks ettiradi. Bularga xattotlik, me’morchilik, to‘qimachilik va uy-ro‘zg‘or jihozlari, masalan, gilamlar hamda yog‘och o‘ymakorligi buyumlari kiradi. Dunyoviy san’at va hunarmandchilik yo‘nalishi kiyim-kechak, gilam yoki chodirlar kabi to‘qimachilik mahsulotlarini, shuningdek, metall, yog‘och va boshqa ashyolardan tayyorlangan ro‘zg‘or buyumlarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, xususan, fors, boburiylar va usmoniylar tasviriy san’atida inson va hayvonlar tasvirlangan miniatyura rangtasviri boy an’anaga ega. Ushbu suratlar ko‘pincha mashhur tarixiy voqealar yoki she’riy dostonlarni tasvirlab berish uchun xizmat qilgan"One group of painters followed a hedonistic orientation toward a festive representation of events and personages, luxurious ornamentation, and wealth of figures and colors; this is illustrated by the miniatures of the Golestān of 1556-57 and the love scenes by the artist ʿAbdallāh in the Būstān of 1575-76 (...). The other group of miniaturists preferred naive genre scenes illustrating folk characteristics, as in the Toḥfat al-aḥrār of the 1670s." . Lekin Islomdagi ba’zi qarashlar va talqinlarda tirik mavjudotlarni tasvirlash taqiqlanadi, bu anikonizm deb ham ataladi. Islomdagi anikonizm, bir tomondan, butparastlikning man etilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tirik mavjudotlarni yaratish faqat Xudogagina xos degan e’tiqoddan kelib chiqadi.

Xattotlik sanʼati Xattotlik naqshlari Islom sanʼatining barcha jabhalarida uchraydi. Oʻrta asrlardagi Yevropada boʻlgani kabi, bu yerda ham diniy daʼvatlar, jumladan Qur’on oyatlari dunyoviy buyumlarga, ayniqsa tangalar, koshinlar va metall buyumlarga tushirilgan. Aksariyat miniatyuralarda hamda koʻplab binolarda muayyan yozuvlar mavjud. Islom xattotligining meʼmorchilikda qoʻllanishi Islom olamidan tashqarida ham keng tarqaldi. Bunga Sian Katta masjidida Qur’on oyatlarining arab tilida, biroq xitoy xattotligi uslubida bitilgani yorqin misol boʻla oladi. Boshqa bitiklarda sheʼriy misralar, mulkdorlik va vaqf haqidagi qaydlar ham uchraydi. Yozuvlarning eng asosiy ikki turi — ramziy kufiy va nasx xatlari boʻlib, ular binolarning devorlari va gumbazlariga, minbarlar yon bagʻriga hamda metall buyumlarga ziynat berib, ularning koʻrkini oshiradiMadden (1975), pp.423–430. Rangtasvir yoki haykaltaroshlik shaklidagi Islom xattotligi baʼzan Qur’on sanʼati deb ham ataladiIslamic Archaeology in the Sudan - Page 22, Intisar Soghayroun Elzein - 2004.

Manbalar

Turkum:Islom sanʼati