Umidjon Qodirov (1992-yil 26-iyunda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida asosan tayanch yarim himoyachisi ampulasida oʻynagan. Zaruratga qarab oʻng qanot himoyachisi va markaziy himoyachi pozitsiyalarida ham maydonga tushgan. U professional faoliyati davomida „Neftchi“, „Qoʻqon-1912“, „Soʻgʻdiyona“ va „Turon“ klublari sharafini himoya qilgan. 2022-yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Klublardagi karyerasi Umidjon Qodirov Oʻzbekiston professional futbolidagi faoliyatini „Neftchi“ safida boshlagan. U jamoaning asosiy tarkibiga jalb etilib, Oʻzbekiston Superligasi va Oʻzbekiston Kubogi uchrashuvlarida muntazam ravishda maydonga tushgan. Tayanch yarim himoyachisi sifatida asosan himoya va yarim himoya chizigʻi oʻrtasidagi bogʻlovchi vazifani bajargan. Faoliyatining eng koʻp uchrashuvlarini ham aynan „Neftchi“ safida oʻtkazgan.
2014-yilgi mavsumni „Qoʻqon-1912“ futbol klubi safida ijarada oʻtkazgan va u yerda asosiy vaqtini zaxirada oʻtkazgan. Mavsum yakunlangach, yana „Neftchi“ safiga qaytgan va 2017-yilga qadar Fargʻonaliklar safida toʻp surgan. 2017-yilda esa Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubi bilan shartnoma imzolagan. „Soʻgʻdiyona“ safida 2017-yilning ikkinchi oxiriga qadar toʻp surgan Qodirov 2018-yilda „Istiqlol“ (Fargʻona) klubiga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik faoliyatini „Turon“ futbol klubida davom ettirgan. „Turon“ safida Pro liga musobaqalarida ishtirok etib, 2021-yil mavsumini yakunlagach professional futbolchilik faoliyatini tugatgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Istiqlol Fargʻona klubi futbolchilari Turkum:Turon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari