"Ozarbayjon temir yo‘llari" YoAJ (ozar. “Azərbaycan Dəmir Yolları” Qapalı Səhmdar Cəmiyyəti) — Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-iyuldagi 383-sonli Farmoniga asosan Ozarbayjon davlat temir yoʻlini qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etilgan.

"Ozarbayjon temir yo‘llari" YoAJ Ozarbayjonning temiryoʻl transporti boʻyicha asosiy tashish operatori boʻlib, ushbu sohadagi boshqa xizmatlarga boʻlgan ehtiyojni taʼminlaydigan, temir yoʻllar, shuningdek, umumiy foydalanishdagi temiryoʻl transporti infratuzilmasini rivojlantiruvchi va takomillashtiruvchi, temir yoʻllarda harakatni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi yirik davlat kompaniyasidir.

Umuman olganda, Ozarbayjon temir yoʻllari katta va boy tarixga ega. Ilk tarmoq foydalanishga topshirilgan 1880-yildan bugungi kunga qadar temir yoʻllar mamlakat iqtisodiyoti, madaniyati va aholining kundalik hayotida muhim rol oʻynashda davom etmoqda.

"Ozarbayjon temir yo‘llari" YoAJning maʼmuriy binosi Boku shahri, Dilorah Aliyeva koʻchasi, 230-uy manzilida joylashgan.

Ozarbayjonda temir yoʻl tarixi

1878–1917 Ozarbayjonda ilk temir yoʻllarini qurishga XIX asrning 70-yillaridan boshlangan. 1878-yilda Boku shahrini neft konlari va neft korpusi bilan birlashtiruvchi 25,2 verst uzunlikdagi temiryoʻl liniyasini qurishga ruxsat berildi. "Neft maydoni" deb nomlangan ushbu liniyalarni qurish 1879-yilning oxirida yakunlandi va rasman 1880-yil 20-yanvarda foydalanishga topshirildi.

1879-yil 22-dekabrda Janubiy Kavkaz temiryoʻl uchastkasining Boku–Tbilisi temiryoʻl magistralini qurishga ruxsat berildi. 515 verst uzunlikdagi ushbu yoʻlning 1883-yil 8-mayda rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi va oʻsha kuni Tbilisidan yoʻlga chiqqan ilk yoʻlovchi poezdi 9-may kuni Boku yetib keldi.

1883-yilda Boku–Yelizavetpol (Ganja)–Tbilisi magistral temiryoʻl liniyasi ishga tushirildi. Ozarbayjonning ilk yuk stansiyasi boʻlgan Boku yuk stansiyasidan Tbilisi yoʻnalishida temir yoʻl orqali ilk neft 1883-yil 8-mayda joʻnatildi. Tbilisi shahri temir yoʻl orqali Poti shahri bilan bogʻlanganligi sababli neft Qora dengiz sohillariga qisqa muddatda yetkazilar edi. Lekin Poti porti tuzilishiga koʻra katta hajmda neft tashish uchun mos emas edi. Shuning uchun qulayroq boʻlgan Batumi porti qisqa muddatda yirik hajmdagi neftni tashish uchun zarur jihozlar bilan taʼminlandi va Tbilisidan Batumiga temir yoʻl tortildi. Boku–Yelizavetpol–Tbilisi magistral temir yoʻlining davomi Tbilisi–Gori–Kutaisi–Poti–Batumi liniyasi boʻlgani sababli temir yoʻl orqali Kaspiy dengizi bilan Qora dengiz sohillari birlashtirildi.

thumb|Boku temir yoʻl vokzali

thumb|Bokuda temiryoʻl stansiyasining zararsizlantirish jarayoni (1892)

1899-yilda Tbilisi–Qars temiryoʻl liniyasi (uzunligi 282 verst) foydalanishga topshirildi va aynan shu yili ushbu liniya ustidagi Aleksandropol (Gyumri) stansiyasidan Yerevanga (uzunligi 147 verst), u yerdan esa Julfagacha (uzunligi 177 verst) temiryoʻl liniyalarini qurish boshlandi. 1900-yilda Boku–Derbent temiryoʻl liniyasi ishga tushirildi (uzunligi 217 verst). Shu tariqa Janubiy Kavkaz temiryoʻl tarmogʻi Vladikavkaz temiryoʻl tarmogʻi bilan birlashdi va uning vositasida Butunrossiya temiryoʻl tarmogʻiga qoʻshildi, Ozarbayjon va butun Kavkaz bilan Markaziy Rossiya oʻrtasida muntazam transport aloqasi yaratildi.

1918–1990 1918-yil 17-avgustda Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati hukumati qaroriga binoan Ozarbayjon temir yoʻllari 1918-yil 1-iyunidan boshlab Ozarbayjon nazoratiga oʻtgan deb hisoblandi. 1918-yil 28-mayda Tbilisida Ozarbayjon Milliy Kengashi tomonidan Ozarbayjon mustaqilligi eʼlon qilingan kuni Fatali خان Xoyskiy tuzgan hukumat kabinetida ilk vazirliklardan biri Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati Yoʻllar vazirligi boʻldi. Vazirlik tarkibida boshqa idoralar bilan bir qatorda Ozarbayjon temir yoʻli boshqarmasi va Ozarbayjon temir yoʻlini qoʻriqlash boshqarmasi tashkil etildi. Ilk yoʻllar vaziri lavozimiga Zaqafqaziya Jumhuriyati hukumatida yoʻllar vaziri boʻlib ishlagan, temiryoʻl ishlari sohasida katta tajribaga ega taniqli ixtirochi-muhandis Xudadat Malik-Aslanov tayinlandi. Keyingi toʻrtta hukumat kabinetida ham yoʻllar vaziri lavozimini X. Malik-Aslanov egalladi.

thumb|Ozarbayjonning sovet davridagi temiryoʻl xaritasi 1926-yil 6-iyulda Ozarbayjonda ilk elektrlashtirilgan temiryoʻl liniyasi ish boshladi. Bu nafaqat Ozarbayjonda, balki SSSRda ilk elektrlashtirilgan temiryoʻl liniyasi edi. Aholining talabi shunchalik yuqori ediki, faqat 1926–1931-yillarda Boku–Sabunchi–Suraxani liniyasi orqali 10 million yoʻlovchi tashilgandi.

1955-yilda Ozarbayjon temir yoʻli SSSR Yoʻllar vazirligi tarkibida mustaqil temir yoʻl maqomini oldi. Ozarbayjon poʻlat magistrali oʻz faoliyati davomida bir necha bor Zaqafqaziya temir yoʻli tarkibiga kiritildi, keyinchalik esa mustaqil temir yoʻl sifatida faoliyat koʻrsatdi. Ozarbayjon SSR Vazirlar Sovetining 1955-yil 13-oktyabrdagi qarori bilan Ozarbayjon temir yoʻli SSSR Yoʻllar vazirligi tarkibida mustaqil temir yoʻl sifatida faoliyatini davom ettirdi.

1979-yilda Agdam–Xankandi temiryoʻl liniyasi qurildi. Ushbu loyiha umummilliy lider Haydar Aliyev tashabbusi va rahbarligi ostida amalga oshirildi. Togʻli Qorabogʻ taraqqiyotiga doim katta eʼtibor qaratgan Haydar Aliyev Qorabogʻ hududlariga temiryoʻl liniyalarini tortishga alohida ahamiyat berardi. Boku–Yevlax–Xankandi temiryoʻl liniyasining ochilishi natijasida Qorabogʻning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti yanada tezlashdi, Qorabogʻning Boku bilan aloqalari yanada mustahkamlandi.

1991-yildan hozirgi kungacha 1991-yilda Ozarbayjon Respublikasi oʻz mustaqilligini qayta tiklagach, Ozarbayjon davlat temir yoʻllari tashkil etildi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 2005-yil 7-oktyabrda "Temiryoʻlchilarning kasb bayramini taʼsis etish toʻgʻrisida" farmon imzoladi. Ushbu farmonga muvofiq Ozarbayjon temiryoʻlchilarining kasb bayrami kuni har yili 13-oktyabrda nishonlanadi.

2009-yil 20-iyulda Ozarbayjon Prezidentining farmoni bilan Ozarbayjon davlat temir yoʻlini qayta tashkil etish yoʻli bilan Transport vazirligi tasarrufida aksiyalari davlatga tegishli boʻlgan "Ozarbayjon temir yoʻllari" YoAJ tashkil etildi.

2017-yilda Boku–Tbilisi–Qars temiryoʻl liniyasi]] foydalanishga topshirildi. Yevropani Osiyo bilan bogʻlovchi eng qisqa va ishonchli yoʻl boʻlgan Boku–Tbilisi–Qars liniyasining faoliyati Sharq–Gʻarb transport yoʻlagida Ozarbayjonning logistika imkoniyatlarini oshirishga olib keldi.

2015-yil sentyabrida qayta qurilgan Boku–Sumqayit temiryoʻl liniyasi bilan Ozarbayjonda ilk "Stadler" poyezdi yoʻlga chiqdi. "Ozarbayjon temir yoʻllari" YoAJ Shveytsariyaning "Stadler Rail Group" kompaniyasi ishlab chiqargan va eng yuqori standartlarga javob beradigan ushbu poyezdlar parkini kengaytirib bormoqda.

2018-yilda Laki stansiyasi–Qabala bir izli temiryoʻl liniyasi qurilishi boshlandi va 2021-yil may oyida liniyaning rasmiy ochilishi boʻldi. Temiryoʻl liniyasi oʻq boʻyicha 42,3 kilometr, yordamchi yoʻllar bilan birgalikda esa 44,5 kilometrdir.

thumb|Boku–Sumqayit tez yurar poyezdi (2016) thumb|Bakixanov stansiyasi 2019-yilda Boku–Sabunchi va Sabunchi–Pirshagʻi liniyalari foydalanishga topshirildi. 2020-yil 18-martda esa Pirshagʻi–Goradil–Novxani–Sumqayit qismi ochilishi bilan Absheron aylanma yoʻli toʻliq foydalanishga berildi.

2024-yil oktyabrida poyezdlarda bepul internetga ulanish imkoni yaratildi. Boku–Agstafa–Boku yoʻnalishida harakatlanuvchi poyezdlarda ADY Free tarmogʻi sinovdan oʻtkazildi. 300px|thumb|Boku temiryoʻl stansiyasi

Asosiy koʻrsatkichlari va faoliyat sohalari "Ozarbayjon temir yoʻllari" YoAJ quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatadi:

Yuk tashishlar + Eng koʻp tashiydigan yuklar roʻyxati Yuk guruhi Tashilgan hajm (tonna) Umumiy yuk tashish hajmidagi ulushi (%) Neft mahsulotlari 6.515.993 34,8 Gʻalla va non mahsulotlari 1.568.078 8,4 Kimyoviy va mineral oʻgʻitlar 1.488.730 7,9 Mineral qurilish materiallari 1.347.228 7,2 Qora metallar 985.555 5,3 Oʻrmon mahsulotlari 853.033 4,6 Sanoat uchun xomashyo va qolip materiallari 731.166 3,9 Toshkoʻmir 415.649 2,2 Yogʻoch materiallari 228.788 1,2

Yoʻlovchi tashish "Ozarbayjon temir yoʻllari" YoAJ tomonidan Absheron aylanma temiryoʻl liniyasi boʻyicha, shuningdek, mamlakat ichki va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi tashish amalga oshiriladi. Absheron aylanma temiryoʻl liniyasi boʻyicha Boku shahri va shahar atrofi hamda Sumqayit shahri boʻyicha, mamlakat ichida esa Boku–Agstafa–Boku va Boku–Qabala–Boku yoʻnalishlarida tez yurar yoʻlovchi poyezdlari vositasida xavfsiz tashishlar bajariladi. + Temir yoʻl orqali tashilgan yoʻlovchilarning umumiy soni 2019 2020 2021 2022 2023 I chorak 718.310 1.081.747 476.232 943.512 1.509.509 II chorak 858.896 253.973 639.023 1.184.290 III chorak 971.424 334.022 648.078 1.249.692 IV chorak 1.301.808 454.610 1.062.759 1.759.030 Jami 3.850.438 2.124.352 2.826.092 5.136.517

Shoʻba korxonalari "Ozarbayjon temir yoʻllari" YoAJning turli yoʻnalishlarda faoliyat koʻrsatuvchi shoʻba kompaniyalari mavjud.

"ADY Ekspress" MChJ "ADY Ekspress" mamlakatimizda yuk tashishlar hajmini oshirish, ayniqsa tranzit yuklarni jalb etish uchun ekspeditor va yirik hajmli yuk egalariga onlayn xizmatlarni taklif etadi.

"ADY Konteyner" MChJ "ADY Konteyner" MChJ temir yoʻl orqali yuk tashishlar sifatini oshirish va xavfsizligini taʼminlash, konteyner tashishlarini markazlashtirilgan tartibda amalga oshirish va samarali boshqarish maqsadida tashkil etilgan.

Vokzallar, stansiyalar, toʻxtash punktlari

Vokzallar

Boku temir yoʻl vokzali Boku temir yoʻl vokzalining qurilishi 1880-yilda boshlangan va 1883-yilda foydalanishga topshirilgan.

Sumqayit temir yoʻl vokzali Sumqayit yoʻlovchi stansiyasi 1958-yilda ochilgan, 2015-yilda esa qayta foydalanishga topshirilgan. Prezident Ilhom Aliyevning 2018-yil 22-yanvardagi Farmoniga asosan oʻsha yilda yangi Sumqayit temir yoʻl vokzali bunyod etilgan.

Sabunchi temir yoʻl vokzali 1880-yilda foydalanishga topshirilgan Sabunchi temiryoʻl stansiyasi dastlabki ikki temiryoʻl stansiyasidan biri boʻlgan. Prezident Ilhom Aliyevning 2018-yil 22-yanvardagi Farmoniga asosan Boku–Sabunchi temiryoʻl stansiyasi qayta qurildi. Loyihaning tarkibiy qismi boʻlgan Sabunchi temir yoʻl vokzali tubdan yangilandi. Sabunchi temir yoʻl vokzalining ochilishi 2019-yil 21-mayda boʻlib oʻtdi.

Ganja temir yoʻl vokzali 2013-yil 29-dekabrda Ganja temiryoʻl stansiyasining maʼmuriy binosi asosiy taʼmirdan soʻng foydalanishga topshirildi.

Qabala temir yoʻl vokzali 2021-yil 15-mayda Qabala temir yoʻl vokzalining ochilishi boʻlib oʻtdi.

Stansiyalar

Yuk stansiyalari

Loyihalar

Xalqaro yoʻlaklar

Xalqaro Shimol–Janub transport yoʻlagi Xalqaro Shimol–Janub transport yoʻlagi asosan Hindiston va Fors koʻrfazi mintaqasidan yuklarni Rossiya, Gʻarbiy Yevropa, Boltiqboʻyi va Skandinaviya davlatlariga yetkazib berishga moʻljallangan. Shimol–Janub tranzit yoʻlagining boshqa yoʻnalishlar bilan taqqoslagandagi asosiy ustunligi tranzit masofasi va vaqti ikki-uch barobar qisqaligidir. Agar dengiz yoʻli bilan tashish Fors koʻrfazi va Hind okeani, Suvaysh kanali, Oʻrta yer dengizi, Boltiq dengizidan oʻtib Helsinki shahriga 45–60 kunlik tashish vaqtini tashkil etsa, Shimol–Janub tranzit yoʻlagi bilan bu muddat 20–25 kunni tashkil etadi.

Shimol–Janub xalqaro transport yoʻlagini yaratish haqidagi bitim Rossiya, Eron va Hindiston hukumatlari oʻrtasida 2000-yil 12-sentyabrda imzolangan. Ozarbayjon Respublikasi ushbu bitimga 2005-yil 20-sentyabrdagi qonun asosida qoʻshilgan.

Sharq–Gʻarb transport yoʻlagi Sharq–Gʻarb transport yoʻlagi yoki Transkaspiy xalqaro transport marshruti (TXTM) Xitoydan Turkiyaga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlariga va aksincha yoʻnalishda yuk tashishlarni koʻpaytirishga xizmat qiladi. Transport yoʻlagini boshqarish va rivojlantirish Konsorsium aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu yoʻlak boʻylab harakatlanuvchi poyezdlar oʻrtacha 10–12 kunda Xitoydan Yevropaga yuklarni yetkazib beradi.