Yael Fritz Junior Trepy (2006-yil 20-mayda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi, A Seriya ishtirokchisi boʻlgan „Cagliari“ klubida hujumchi sifatida toʻp suradi.
Faoliyati Villeneuve-Saint-Georges shahrida tugʻilgan Trepy „US Créteil-Lusitanos“ klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi oʻyinda Pierluigi Carta nazariga tushib, 2022-yilda „Cagliari“ akademiyasiga qoʻshiladi.
2024-yil avgust oyida u „Cagliari“ bilan ilk professional shartnomasini imzolaydi va Fabio Pisacanening „Primavera“ jamoasida oʻzini koʻrsatadi. Trepy jamoasining 2025-yilgi Italiya yoshlar kubogini (Coppa Italia Primavera) qoʻlga kiritishiga hissa qoʻshadi va finalda „AC Milan“ga qarshi 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda gol uradi.
2025–26-yilgi mavsumda Fabio Pisacane asosiy jamoa murabbiyi etib tayinlanadi. Trepy, Pisacane ortidan asosiy tarkibga qoʻshilgan yosh futbolchilardan biri boʻlib, ular qatorida Joseph Liteta, Alessandro Vinciguerra, Nicola Pintus va Ivan Sulev kabi oʻyinchilar ham bor edi.
Trepy professional debyutini 2026-yil 8-yanvarda „Cagliari“ safida „US Cremonese“ga qarshi mehmondagi oʻyinda oʻtkazdi va uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. U 84-daqiqada jamoasi 2:1 hisobida ortda borayotgan vaqtda sardor Gabriele Zappa oʻrniga maydonga tushib, oradan atigi 4 daqiqa oʻtgach, soʻnggi daqiqalarda hisobni tenglashtiruvchi golni kiritdi. Bu unga „Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini taqdim etdi va uni 21-asrda Yevropaning top-4 ligalarida debyutida gol urgan 20 yoshgacha boʻlgan birinchi fransuz futbolchisiga aylantirdi.
Oʻyin uslubi Asosan chap oyoqda oʻynaydigan markaziy hujumchi boʻlgan Trepy, shuningdek, ikkinchi hujumchi yoki oʻng qanot vingeri sifatida ham harakat qila oladi. CagliariToday nashri Trepyni atletik qomatli, juda baland boʻyli va jismonan baquvvat, shu bilan birga, ajoyib texnika hamda chaqqonlik namoyish etadigan futbolchi sifatida taʼriflaydi.
Yoshlar jamoasida 10-raqamli libosda toʻp surgani uchun uning oʻyin uslubini Fransiya terma jamoasi aʼzosi Thierry Henrynikiga qiyoslashadi.
Shaxsiy hayoti Fransiyada tugʻilib, Italiyada ulgʻaygan Trepy Fransiya va Italiya fuqaroligiga ega.. 2026-yil avgust oyida Trepy Porto-Servodagi basseynda choʻkib ketishiga bir bahya qolib, komaga tushgan. U qutqarib olinib, vertolyotda Sassari shahridagi shifoxonaga yetkazilgan. U yerda shifokorlar uning oʻpkasidan koʻp miqdorda suyuqlik topgach, uni medikamentoz koma holatiga keltirishgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Cagliari Calcio futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar