Abdurahmon al-Vagʻlisiy (, arabcha: عبد الرحمن الوغليسي) (1384-yilda vafot etgan), boshqacha yozilishi Abdurahmon al-Vagʻlissiy yoki Abdurahmon al-Oʻglissiy, jazoirlik ulamo, muallif, muftiy va imom edi.
Hayoti Al-Vagʻlisiyning hayoti haqida manbalar kam. Uning tugʻilgan aniq sanasi maʼlum emas, biroq u Sidi Aichning hozirgi doirasidagi, Ayt Vagʻlis qabilasida, Tinabdher yaqinidagi Tala-Tagut qishlogʻida tugʻilgani maʼlum. U fiqhga oid risola — Magʻrib, Andalusiya va Misrda al-Vagʻlisiyya nomi bilan mashhur boʻlgan al-Muqaddima al-Fiqhiyya asarini yozgani bilan yaxshi tanilgan. Ushbu matn asrlar davomida mintaqadagi molikiy fiqhi va tasavvufni oʻqitish boʻyicha asosiy qoʻllanmalardan biri boʻlib kelgan va koʻplab mashhur olimlar (Abdulkarim az-Zvaviy, Ahmad Zarruq al-Barnusiy, Abu Abdulloh as-Sanusiy) tomonidan sharhlangan.
U hozirgi Bijaya viloyatidagi Tala Tagut qishlogʻida dafn etilgan boʻlib, u yerda uning sharafiga maqbara va uning nomi bilan atalgan kichik masjid qad rostlagan. 2004-yil oktabr oyida Bijayada Al-Vagʻlisiy bilan bogʻliq ilmiy anjuman oʻtkazilgan.
Manbalar
Turkum:1384-yilda vafot etganlar Turkum:Molikiy ulamolar