Badamia exclamationis, odatda jigarrang bigiz yoki ingichka qanotli bigiz deb ataladigan, kapalaklarning Hesperiidae oilasiga mansub turdirMarkku Savela tomonidan tayyorlangan Lepidoptera haqidagi maʼlumotlar. Badamia urugʻi haqidagi sahifaTree of Life Web Project (TOL) tomonidan Badamia urugʻi haqidagi sahifa. U Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Okeaniyada uchraydi.
Tarqalishi Jigarrang bigiz Shri-Lanka, Hindiston, Myanma, Kambodja, Yunnan janubi, Avstraliya va Yaponiyada uchraydi. Bu kapalak Hindiston yarimoroli boʻylab, shuningdek, Andaman orollarida ham tarqalgan. Turning asl joylashuvi Janubiy Hindiston hisoblanadi.
Holati William Harry Evansning 1932-yildagi maʼlumotlariga koʻra, bu kapalak Hindistonda keng tarqalgan, Andaman orollarida esa kam uchraydi. Mark Alexander Wynter-Blyth 1957-yilda uni „kam uchramaydigan“ va „mahalliy hududlarda keng tarqalgan“ tur sifatida qayd etgan. Krushnamegh Kunte esa 2000-yilda bu turni musson oylarida barg toʻkuvchi oʻrmonlarda, keyingi oylarda esa doimiy yashil oʻrmonlarda keng tarqalgan deb qayd etgan.
Hayot tarzi
Jigarrang bigiz oʻrmonlarda yashovchi kapalak boʻlib, barg toʻkuvchi va doimiy yashil oʻrmonlarning ochiq joylari hamda chekkalarini afzal koʻradi. Uning qurtlari esa nam barg toʻkuvchi va yarim doimiy yashil oʻrmonlarda uchraydi. U odatda oʻrmon soyasida ertalab yoki kechqurun uchadi. Baʼzan yorqin quyosh nuri ostida ham gullarga qoʻnganini koʻrish mumkin. U, jumladan, Glycosmis, Buddleia, Chromolaena va Lantana turkumlariga mansub oʻsimliklarning gullariga tashrif buyuradi. Bunday paytda u juda ehtiyotkor va serharakat boʻlib, gullar yoki to‘pgullar orasida keskin va tez harakatlanadi. Shuningdek, uni loyqa tuproqli nam joylarda yoki qushlarning axlatida oziqlanayotgan holatda ham uchratish mumkin.
Oddiy tasmasimon bigiz (Hasora chromus) kabi turlar sonining keskin koʻpayishi davrida jigarrang bigiz qurtlari ozuqa oʻsimliklarining deyarli barchasini yeb qoʻyishi mumkin. Natijada kapalaklar yangi ozuqa oʻsimliklari mavjud boʻlgan boshqa hududlarga, hatto butazorlar, oʻtloqlar va bogʻlar kabi boshqa yashash muhitlariga ham koʻchib oʻtishi mumkin.
Jigarrang bigiz butalar ustidan taxminan 2 metr balandlikda yoki daraxtlar tojida 18–23 metr balandlikda uchishi mumkin. Voyaga yetgan kapalaklar pastki qatlamlarda butalar va kichik daraxtlarning gullari bilan oziqlanadi, tuxum qoʻyish yoki quyoshda isinish uchun esa oʻsimliklarning yuqori qismlariga koʻtariladi. U quyoshda juda kam hollarda isinadi va bunday paytda qanotlarini yassi holda tutadi; oldingi qanotlari orqa qanotlarini qoplab, unga o‘q uchiga oʻxshash koʻrinish beradi. Kapalakning uchishi tez va sakrashsimon boʻlib, qanot qoqishidan tovush chiqadi.
Faol boʻlmagan paytda u soyali oʻrmon hududlarida barglarning pastki tomonida, boshi pastga qaratilgan holda dam oladi. Bezovta qilinganda, odatda, bir muddat juda faol tarzda atrofida uchib, keyin dam olayotgan joyiga qaytadi.
Tavsifi Jigarrang bigiz oddiy koʻrinishdagi jigarrang kapalak boʻlib, tanasining ustki qismi toʻqroq, pastki qismi esa ochroq rangda boʻladi. Jinslari bir-biriga oʻxshash, biroq oldingi qanotlarida dalada kuzatish orqali farqlash qiyin boʻlgan uch-toʻrtta yarim shaffof dogʻ mavjud. Bigizning qorni och jigarrang boʻlib, uning boʻylab qora tasma shaklidagi chiziqlar joylashgan. Quruq mavsumda uchraydigan shakli odatda kichikroq va ranggi ochroq boʻladi hamda oldingi qanotlaridagi dogʻlar boʻlmasligi mumkin.
Bu bigizni boshqa turlardan uning uzun va ingichka qanotlari orqali oson ajratish mumkin. U Hindiston kapalaklari orasida qanot uzunligining eniga nisbati boʻyicha eng uzun qanotlarga ega turlardan biridir. Galereya
Manbalar
Havolalar Badamia exclamationis tasvirlari.
Turkum:Kapalaklar Turkum:Yaponiya kapalaklari