thumb| O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti — O‘zbekistonda jinoyatchilik, uning sabablari va shart-sharoitlarini ilmiy o‘rganish, jinoyatchilikning oldini olish hamda kriminologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasasi. Institut 2024-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini 2024-yil 1-avgustdan boshlagan. Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-son Farmoni asosida tashkil etilgan. Institut faoliyatining tashkiliy va huquqiy asoslari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi 445-son qarori bilan belgilangan.

Tarixi Kriminologiya tadqiqot institutini tashkil etish O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlashni kuchaytirish maqsadida amalga oshirilgan. 2024-yil 15-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-10-son Farmon qabul qilingan. Mazkur hujjat asosida Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilgan va 2024-yil 1-avgustdan o‘z faoliyatini boshlagan. Institut faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyuldagi “Kriminologik faoliyatni ilmiy ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445-son qarori bilan tartibga solingan.

Faoliyatining asosiy yo‘nalishlari Institutning asosiy faoliyati jinoyatchilikni ilmiy o‘rganish va uning oldini olishga qaratilgan.

Institut quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:

O‘zbekistondagi kriminogen vaziyatni o‘rganish; jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil qilish; jinoyatchilikni prognoz qilish; jinoyatchilikning ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy, tibbiy va tashkiliy omillarini o‘rganish; jinoyatchilikning hududiy xususiyatlarini tadqiq qilish; jinoyatchilikning oldini olish choralarining samaradorligini baholash; ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish; qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; surishtiruv va dastlabki tergov organlariga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish; xorijiy davlatlarning kriminologik tajribasini o‘rganish; xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish; kriminologiya sohasi bo‘yicha ilmiy kadrlar tayyorlash.

Tuzilishi Institut tarkibida bir nechta ilmiy va tashkiliy bo‘linmalar faoliyat yuritadi.

Ilmiy markazlar Institut tarkibida quyidagi uchta asosiy ilmiy markaz mavjud:

Jinoyatchilik tendensiyalarini tadqiq qilish markazi Jinoyatchilik omillarini tadqiq qilish markazi Mahalladagi jinoyatchilikni ilmiy tadqiq etish markazi

Bundan tashqari, institut tarkibida Koreya kriminologiyasini tadqiq qilish ofisi va Germaniya kriminologiyasini tadqiq qilish ofisi ham faoliyat yuritadi. Institutning boshqa tarkibiy bo‘linmalariga Tashkiliy bo‘lim, Xalqaro hamkorlik guruhi, Kadrlar guruhi, IT bo‘limi, Moliyaviy va moddiy-texnik ta’minot bo‘limi, Tahririy-nashriyot markazi, Axborot-resurs markazi va Ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi kiradi.

Rahbariyati Institut boshlig‘i: Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich — yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), polkovnik.

Manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-son Farmoni — “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. LexUZ — PF-10-son Farmon  www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PQ-22-son qarori — “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. LexUZ — PQ-22-son qaror www.lex.uz  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 445-son qarori — “Kriminologik faoliyatni ilmiy ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Ushbu qaror bilan Institut to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlangan.  O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti — “Institut haqida ma’lumot”. Institutning tashkil etilishi, faoliyat boshlagan sanasi, markazlari va boshqa ma’lumotlar. Kriminologiya tadqiqot instituti rasmiy sayti  O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti — rasmiy veb-sayt. kti.iiv.uz  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. “Kriminologiya instituti tashkil qilinmoqda”, 2024-yil 19-yanvar.  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. “Endilikda Kriminologiya tadqiqot institutida ham ilmiy daraja beruvchi dissertatsiyalar himoya qilinadi”, 2024-yil 5-noyabr.  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. “Kriminologiyaning dolzarb masalalari: Voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligi hamda kibermakon” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. “Jahon kriminologiyasining ilg‘or tajribalari” mavzusidagi I xalqaro forum materiallari.  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi. “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni oldini olish faoliyati ilmiy jihatdan o‘rganildi”. 

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti. “Kriminologik tadqiqot” ilmiy materiali.

Turkum:Oʻzbekiston ilmiy-tadqiqot institutlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Turkum:IIV Turkum:KTI Turkum:RIC Turkum:Ichki ishlar vazirligi Turkum:МВД